Get Mystery Box with random crypto!

Gaplashib olishimiz kerak (jiddiy!) Barchangizni sahifangizni | Business Ladder

Gaplashib olishimiz kerak (jiddiy!)

Barchangizni sahifangizni kuzatib boraman, nimalar bilan shug’ullanishingizni o’rganaman.

Har kuni boshqalar muvaffaqiyatga erishayotganini ko’rasiz…

Postlarim va videolarimni ko’rasiz…

Motivatsiya topishga intilasiz…

Bir kun kelib boy bo’lishni judayam xohlaysiz…

Lekin sizda faqatgina maqsadning o’zi bo’lsa, hech qachon unga erisha olmaysiz.

Maqsad bo’lishi yaxshi, FAQATGINA maqsadni o’zi bo’lishi judayam yomon.

Maqsadga erishish uchun MEHNAT qilish lozim.

Rostini ayting: Maqsadingizga erishish uchun oxirgi marta qachon mehnat qildingiz?

Qachon katta daromad keltiradigan sohani o’rgandingiz?…

Qachon kurs xarid qildingiz?…

Vaqtim bo’lmayapti.”

Kurs xarid qilishga pulim yo’q”

Kabi baxonalarni har kuni eshitaman.

Agar siz o’z bilmingizga vaqtingizni va pulingizni sarflamasangiz…

Hech narsa o’zgarmaydi va 30 yildan keyin “Qaniydi o’shanda…” kabi pushaymonlar sizni tinch qo’ymaydi.

“E Xayot, bugun chap tomoning bilan turganmisan?!” deyishingiz mumkin.

Yo’q, chap tomonim bilan turmadim.

Muammo shundaki: Har kuni o’z maqsadlari haqida gapiradigan odamlar bilan birga, o’z pushaymonlarini aytib tushkunlikdan chiqib keta olmayotgan insonlarni ham uchrataman.

Har safar kimdir o’z maqsadi sari mehnat qilmayotganini ko’rsam…

Imkonim yo’qligidan Rossiyaga ketib ofitsant bo’lib ishlaganim…

Yoki Koreyaga o’qishga borib 3 oy roltondan boshqa narsa yeya olmay, o’qishni tashlab restoranda idish-tovoq yuvuvchi bo’lib ishlashga majbur bo’lganim yodimga tushadi.

Hozir esa…

Qanday qilib inson o’z orzu qilgan hayoti sari yurish o’rniga, bunchalik xotirjam yashashi mumkinligini hech tushuna olmayapman!

Alloh asrasin yaqin insoningiz tirik qolishi uchun $50,000 operatsiyaga kerak bo’lib qolsa…

Hozirgidek xotirjam yura olarmidingiz?

Endi tinglang: Barchamizni hayotimiz Alloh qo’lida.

Ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydi.

Allohdan so’raymanki siz va oilangizga hech qachon dard kelmasin…

Lekin barchasiga tayyor turishingiz lozim!

Hurmat ila,
Xayot Sharapov

@RST_Invest