Get Mystery Box with random crypto!

HODL

Telegram kanalining logotibi hodluz — HODL H
Telegram kanalining logotibi hodluz — HODL
Kanal manzili: @hodluz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.01K
Kanalning ta’rifi

💎 HODL — Web 3.0 olamini kashf eting!
Yangi texnologiyalar haqida ta’lim beruvchi media loyiha.
⛔️ Loyiha vakillari hech kimga shaxsiy xabar yozmaydi. (Firibgarlardan ehtiyot bo’ling)
Aloqa: @hodluzbot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-18 08:39:01 ​​ Binance — dunyoni egallayotgan kripto birja

Kripto ishqibozlarining ichida Binance birjasini eshitmagan yoki undan foydalanmagan insonlar bo’lmasa kerak. Axir bu Binance ekosistemasi kripto dunyosining eng katta ustunlaridan biri hisoblanadi. To’g’ri, 2022-yil kripto olami uchun juda ham omadli keldi deb aytolmaymiz lekin hali ham kripto ishqibozlari kriptoning rivojlanishidan umidlarini uzishgani yo’q. Keling, bugun Binance birjasi bilan batafsil tanishib chiqamiz.

Binance — 2017-yilda Chang Peng Zao tomonidan asos solingan kripto birja hisoblanadi. Ayni vaqtda Binance “CoinMarketCap” ma’lumotlariga ko’ra kripto birjalar ichida savdo hajmi ( $16,919,194,225) bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab turibdi. Binance ma’lumotlariga ko’ra birja dunyo bo’ylab 90 million foydalanuvchiga xizmat ko’rsatadi va 350 dan ortiq kripto aktivlarni qo’llab-quvvatlaydi. Binance boshqa kripto birjalardan farqli o’laroq foydalanuvchilar uchun qulay interfeys, xavfsizlik va shaffoflik taqdim etadi.

Birja ekosistemasining mahalliy blokcheyni BNB Smart Chain (BSC) hisoblanadi. Blokcheynning mahalliy tokeni esa $BNB. Agar blokcheyn nima ekanligini bilmasangiz, ushbu post bilan batafsil tanishib chiqing. Shu bilan birgalikda birjaning o’z steyblkoini ham mavjud va u $BUSD deb ataladi.

Binance faqatgina kripto birja emas balki yirik ekosistema hisoblanadi. Chunki u juda ko’p kripto loyihalarga ham egalik qiladi. Misol uchun:

Binance Labs — tadbirkorlar, loyihalar va jamoalarga BNB Chain yordamida blokcheyn startaplarini rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan biznes inkubator. Ayni paytda Binance Labs portfelida 120 dan ortiq loyihalar mavjud.
Binance Academy — raqamli aktivlar savdosi, blokcheyn texnologiyalari, loyihalar va kompaniyalar haqida ta’lim beruvchi maqolalar va videolar bazasiga ega ta’lim portali.
Binance Charity Foundation — notijorat xayriya tashkiloti bo'lib, qashshoqlikka qarshi kurashda bir qator xayriya dasturlarini amalga oshiradi.
Binance Launchpad — eksklyuziv token sotish platformasi. Binance Launchpad’da ishga tushirilgan yirik loyihalarga Axie Infinity, The Sandbox va Celer Network kabi loyihalar kiradi.
Binance Research — kriptovalyuta bozorini o'rganish va tahlil qilish bo'limi bo'lib, u tadqiqotlar olib boradi va professional ma'lumotlarni taqdim etadi.
Binance NFT — barcha turdagi raqamli san'at va to’plamlar savdosi amalga oshadigan bozor hisoblanadi.
Binance Card — Visa tizimining kriptovalyuta debet kartasi.
Binance Pay — kriptovalyutani transchegaraviy o'tkazish xizmati.
CoinMarketCap — eng ko'p tashrif buyuriladigan raqamli aktivlar savdosi haqidagi ma'lumotlarni yig'uvchi platforma.
Trust Wallet — ko'p sonli raqamli aktivlarni qo'llab-quvvatlovchi kriptovalyuta sovuq hamyoni.
WazirX — Hindistondagi eng yirik kripto birja.

Binance kripto sanoatini ommalashishiga katta hissa qo’shayotgan loyiha hisoblanadi. Loyihaning rasmiy sayti Binance.com bo’lib, siz ushbu sayt orqali loyiha haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Binance’ning o’zbekistonliklar uchun Telegramda tashkil etilgan rasmiy hamjamiyati (@binance_uz_group) ham mavjud. Siz ushbu guruhda hamjamiyatdagi insonlar bilan o’zaro suhbatlashishingiz va o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.


HODL
1.8K views05:39
Ochish/sharhlash
2022-11-23 08:25:11DEX va CEX birjalarning farqi nimada?

Bugungi kunda kriptovalyutalar savdosi uchun mo’ljallangan 400 dan ortiq birjalar mavjud. Ushbu birjalarni ikki turga bo'lish mumkin: markazlashtirilgan (CEX) va markazlashtirilmagan (DEX).

CEX (Centralized Exchange) — markazlashtirilgan kriptovalyuta birjasi. Nomidan ko'rinib turibdiki, bunday birjani boshqarish yagona tashkilotning ma'suliyatida bo'ladi.

CEX birjalariga misollar: Binance, Coinbase, Kraken, FTX, UZNEX va boshqalar.

Markazlashtirilgan birjalar qanday ishlaydi?

Aytaylik, siz TON tangasini sotib olmoqchisiz. Bu uchun siz birjadan ro'yxatdan o'tishingiz, KYC (shaxsni tasdiqlash) amaliyotini bajarishingiz, bank ma'lumotlarini taqdim etishingiz kerak va shundan so'ng depozitga pul qo'yishingiz mumkin bo'ladi. Keyin siz tangani sotib olasiz va agar xohlasangiz, uni birjadagi boshqa tangalar almashtirishingiz mumkin bo'ladi. Aslida siz birjadagi aktivingizga to'liq egalik qilmaysiz chunki u aktiv birjaning yagona hisobida saqlanadi va birja siz uchun hamyon vazifasini bajaradi. Birjada amalga oshiradigan har qanday amaliyot, masalan, TON'ni Bitcoin'ga almashtirish, blokcheynda emas, balki birja ma'lumotlar bazasida amalga oshiriladi. Ya’ni aktivlar ustidan nazorat to'liq birja qo'l ostida bo'ladi.

DEX (Decentralized Exchange) — markazlashtirilmagan kriptovalyuta birjasi. Bunday birja blokcheyn texnologiyasida yaratilgan hisoblanadi.

DEX birjalariga misollar: Uniswap, Pancakeswap, SushiSwap va boshqalar.

Markazlashmagan birjalar qanday ishlaydi?

Markazlashtirilmagan birja odamlar o'rtasida savdo qilish uchun aqlli shartnomalardan foydalanadi. Bunday birjalarda vositachi bo'lmaydi. Ular teng huquqli almashish vazifasini bajaradi. Aktivlar hech qachon muzlatilmaydi va amaliyotlar (bu nafaqat xaridning o'zi, balki buyurtmani sotib olish yoki bekor qilish so'rovi va boshqalar) aqlli shartnomalar asosida amalga oshiriladi va blokcheynda qayd etiladi.

CEX va DEX birjalarning afzalliklari va kamchiliklari.

CEX afzalliklari:

— Fiat valyuta bilan muomala qilish imkoniyati;
— Savdo uchun ajoyib funksionallik;
— Yuqori likvidlik.

Kamchiliklari:
— Shaxsiy kalitlar bilan kirish imkoni yo'q;
— Shaxsni tasdiqlash;
— Xavfsizlik xavfi (CEX birjalar xakerlik tahdidlariga ko'proq uchraydi)

DEX afzalliklari:
— Savdodagi anonimlik;
— Aktivlar va shaxsiy kalitlar faqat uning egasida bo’ladi;
— Sizni hech kim bloklamaydi.

Kamchiliklari:
— Likvidlik CEX birjaga qaraganda past;
— Fiat valyuta qo'llab-quvvatlanmaydi.

Yuqorida CEX va DEX birjalar bilan tanishdingiz. Ulardan qay biridan foydalanish barchaning shaxsiy tanlovi hisoblanadi. Shu o’rinda, agar siz DEX yoki CEX birjalardan foydalansangiz, mablag’laringizni yo’qotib qo’ymaslik uchun eng avvalo moliyaviy xavfsizlik qoidalariga va foydalanayotgan xizmatingizning ishonchli ekanligiga e’tibor qaratishingiz kerak.

HODL
923 views05:25
Ochish/sharhlash
2022-11-15 08:45:18TON Telegramga tegishlimi?

Hozirgi kunda Telegram bilan birgalikda hamkorlik qilayotgan The Open Network (TON) kripto loyihasi Telegram foydalanuvchilarining e’tibor markazidadir. Xususan TON o’zbekzabon foydalanuvchilari o’rtasida juda katta shov-shuvga sabab bo’lgan. Telegram rasmiy reklamalarida ilk marta o’zbek tilida targ’ib qilingan va o’zbek tilida ilk kripto hamjamiyat yaratgan kripto loyiha ham TON hisoblanadi. Shu o’rinda, TON Telegramning loyihasimi? Unga Pavel Durov egalik qiladimi? Telegram TON bilan qanday hamkorliklar qilmoqda? singari savollar barchangizni qiziqtirayotgan bo’lsa kerak. Keling bugun bularning barchasiga oydinlik kiritamiz.

TON nima?

TON — 2017-yilda aka-uka Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan asos solingan yangi avlod blokcheyni hisoblanadi. Aka-uka Durovlar loyihani “GRAM” deb nomlashgan va “GRAM”ni Telegramning ichki valyutasi sifatida qabul qilishmoqchi bo’lishgan. Biroq 3 yildan so’ng AQSh Qimmatli qog'ozlar va birjalar komissiyasining (SEC) bunga qarshi qarori bilan Telegram loyihadagi ishtirokini to’xtatgan.
2018-yilda “GRAM” 171 investordan 1,7 milliard dollar sarmoya to’plagan edi. Bu kripto tarixida eng ko'p sarmoya yig’ilgan loyiha bo’ldi. Ammo SEC’ning qaroridan so’ng Durov investorlarga mablag’larning bir qismini dollarda, bir qismini esa Telegram aksiyalari hisobidan qaytarishga majbur bo'ldi. “GRAM" investorlarining orasida Roman Abramovich va “Qiwi” asoschisi Sergey Solonin ham bo'lgan. Hozirgi kunda loyiha ko’ngilli dasturchilarning ochiq hamjamiyati tomonidan TON (“The Open Network” ) ya’ni “Ochiq Tarmoq” nomi bilan rivojlantirilmoqda. Qisqa qilib aytadigan bo’lsak Telegram yoki Pavel Durov TON loyihasiga egalik qilmaydi. TON ayni vaqtda mutlaqo ochiq hamjamiyat tomonidan rivojlantiriladi.

Telegram va TON hamkorligi

Telegram Web 3.0 bilan integratsiyani TON blokcheyni orqali amalga oshirmoqda. Endi messenjerdagi @wallet hamyoni orqali foydalanuvchilar o'zaro TON o’tkazmalarini tez va qulay shaklda amalga oshirishlari mumkin. Ayni vaqtda @wallet hamyonidaga P2P bozori orqali TON tangalarini o’zbek so’miga ham sotib olishingiz mumkin.

Shu bilan birgalikda Fragment “username”lar kim oshdi savdo platformasidagi savdolar ham TON blokcheynining aqlli shartnomalari orqali amalga oshirilmoqda. Endi messenjer foydalanuvchilari ushbu platforma orqali o'zlariga tegishli bo’lgan “username”larni kim oshdi savdosiga qo’yishlari mumkin. Pavel Durovning ta'kidlashicha, kelgusida Telegramning TON blokcheyni bilan hamkorligi yanada kengayadi va hatto Telegram kanallar ham TON aqlli shartnomasi orqali kim oshdi savdolarida sotiladi.

TON blokcheyni boshqa blokcheynlardan o’tkazmalar tezligi, o’tkazma komissiyasining kamligi va Telegram kabi hamkorga ega ekanligi farq qiladi. Siz bu haqida batafsil ma’lumotni loyihaning rasmiy ton.org sayti orqali olishingiz mumkin.

Loyihaning Telegramdagi rasmiy o’zbek hamjamiyatining kanali @toncoin_uz hisoblanadi. Siz ushbu kanal orqali loyiha haqida o’zbek tilida ham ma’lumot olishingiz mumkin. TON so’ngi vaqtlarda ko’plab yangiliklar amalga oshirmoqda. Kelgusida sizlarni TON ekotizimi bilan yaqindan tanishtirib o’tamiz.

HODL
2.8K views05:45
Ochish/sharhlash
2022-11-13 17:39:22
DAO — markazlashmagan boshqaruv tizimi

"DAO" qisqartmasi —
“Decentralized Autonomous Organization”
ya'ni, markazlashtirilmagan avtonom tashkilot degan ma'noni anglatadi. DAO tashkilotning o'ziga xos shakli bo'lib, unda boshqaruv markazlashmagan tizim orqali amalga oshiriladi. DAO aqlli shartnomalarga asoslanganligi sababli ilk bora Ethereum blokcheynida paydo bo'lgan. Bugungi kunda, nafaqat Ethereum blokcheyni balki, aqlli shartnomalarni qo'llab-quvvatlaydigan har qanday blokcheynda DAO qurish mumkin. Masalan, TON, Polkadot, Solana, Cardano.

DAO g'oyasi kriptovalyutalar g'oyasiga qaraganda ancha radikalroq hisoblanadi. Aqlli shartnomalar texnologiyasi banklar, sudlar va kredit tashkilotlariga bo'lgan ehtiyojni bartaraf etish imkoniyatiga ega.

Misol uchun, Uniswap markazlashtirilmagan kripto birjasi DAO emas, lekin uni markazlashmagan boshqaruv tizimi DAO hisoblanadi.

DAO modeli tokenlarga egalik qilish yondashuviga tayanadi. Aytaylik DAO loyihalarning 50% tangasiga bir kishi egalik qilsa va qolgan 50% 9 kishi o’rtasida taqsimlangan bo’lsa, 50% tangaga ega inson bilan birga bir kishi ovoz bersa ularga qarshi ovoz bergan 8 kishining qarori qabul qilinmaydi. Odatda, ushbu boshqaruv tokenlarini markazlashmagan birjalarda erkin sotib olish va sotish, yoki mayning qilish mumkin. Boshqaruv tokenlarini saqlash orqali loyihaning rivojlanish strategiyasini belgilaydigan ovozga ega bo'lasiz.

Ijobiy va salbiy tomonlari

Nazariy tomondan, DAO boshqaruvni avtomatlashtirish va yirik ish o’rinlaridan xalos bo'lishga, inson omili va poraxo’rlikni minimallashtirishga imkon beradi.

Amalda esa, boshqaruvda markazlashtirishdan butunlay voz kechish hali ham utopik g'oya hisoblanadi.

Agar loyihaning asl kodida kamchilik topilsa, muammoni bartaraf qilish markazlashtirilgan tashkilotdan ko’ra DAO'da ancha qiyin kechadi.

Shu o'rinda savol paydo bo'ladi, bunday boshqaruv modeli raqamli dunyodan tashqariga chiqa oladimi? Yaqin kelajakda
bu savolga albatta javob topamiz.

HODL
3.0K viewsedited  14:39
Ochish/sharhlash
2022-11-06 08:46:03
Changpeng Zao (CZ) xitoylik kripto milliarder

Changpeng Zao dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo’lgan Binance kriptovalyuta birjasining yaratuvchisi va kripto sanoatidagi eng sirli shaxslardan biri hisoblanadi. U umuman milliarderga o'xshamaydi: uning qimmatbaho qasrlari yoki mashinalari yo'q. Bundan tashqari, tadbirkor omma oldida ko'rinmaydi va yopiq turmush tarzini ma’qul ko’radi.

U 1977-yilda o'qituvchilar oilasida tug'ilgan: onasi maktab o'qituvchisi, otasi esa universitetda falsafadan dars bergan. Ammo Xitoydagi madaniy inqilobdan keyin oila Kanadaga ko’chib o’tgan.

Binance’ning bo‘lajak asoschisi kriptovalyuta bilan 2013-yilda BTC China bosh direktori Bobbi Li va investor Ron Kao bilan poker o‘ynaganida ilk mara tanishgan. Ular Zaoga mablag'larining bir qismini Bitcoin’ga aylantirishni maslahat berishdi.

Iqtidorli dasturchi xatarlarni va kripto bozorining rivojlanish istiqbollarini tez baholagan va Shanxaydagi uyini ikkilanmasdan sotib mablag’ni kriptovalyutaga kiritdi. Bundan tashqari, u o'z ishini tashlab, Blockchain.info kriptovalyuta xizmatining ilk xodimlaridan biriga aylandi.

Bir yildan so’ngra esa top-menejer sifatida qisqa muddat OKX kripto birjasida ishladi, biroq kompaniya siyosatiga rozi bo‘lmagani uchun uni tark etdi.

2017-yilda BTC narxi o'sishda davom etdi, ammo yirik kriptovalyuta birjalari ortib borayotgan ish yukiga to'liq bardosh bera olmayotgan edi. U vaqtda Changpeng Zao o'z birjasini yaratishga qaror qildi.

Raqobatchilardan farqli o'laroq, u o’tkazmalar tezligini sezilarli darajada oshirish va shu orqali komissiyalar hajmini kamaytirishga va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va foydalanuvchi interfeysi dizaynini soddalashtirishga e’tibor qaratdi. Natijada ayni vaqtdagi eng yirik va ommalashgan birjaga asos solindi.

CZ 96 mlrd. dollar boylik bilan kripto sanoatdagi eng boy odam hisoblanadi.

Ayni vaqtda Binance birjasining ommaviy kengayishi jadallik bilan o’sib bormoqda. Kelgusida birja haqida ham batafsil ma’lumot berib o’tamiz.

HODL
2.0K views05:46
Ochish/sharhlash
2022-11-04 09:42:23 O’zbekistonda kriptovalyutalarni ayirboshlash do’konlari tashkil etishga ruxsat berildi

Endilikda fuqarolar elektron yoki savdo obyekti ko‘rinishida kripto-do‘konlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Kripto-do‘kon orqali bank o‘tkazmalarini amalga oshirish va kripto-aktivlarni milliy valyutaga almashtirish imkoniyati taqdim etiladi.

HODL
8.2K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-11-03 12:48:46
Telegram “username”lar savdosi qizg’in davom etmoqda

Bir necha kun oldin Telegram ilk marta, Fragment kim oshdi savdo platformasi orqali, “username”lar savdosini yo’lga qo’ygan edi.

Kuni kecha esa kim oshdi savdosida ilk auto.t.me Telegram domeni 900 000 TON’ga sotildi. Bu joriy kurs bo’yicha ~ 1 440 000 dollarni tashkil etadi. Ajoyib-a?

Yana bir yangilik shuki, endi Telegram “username”lari TON blokcheynida NFT kabi saqlanadi va ulardan hamyon manzili sifatida ham foydalansa bo’ladi.

Kelgusida sizlar bilan TON blokcheyni va uning Telegram bilan qanday aloqasi bor ekanligini birgalikda muhokama qilamiz. Qadrli HODLER’lar bizni kuzatib borishda davom eting!

HODL
5.0K viewsedited  09:48
Ochish/sharhlash
2022-11-02 08:36:33
Airdrop — bepul kriptovalyuta olish

Airdrop atamasi — tokenlarni bepul tarqatish degan ma’noni bildiradi.
Bu kriptovalyuta olamida marketing kampaniyasining bir qismidir. Odatda, kripto loyiha tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlardagi loyihaning sahifalariga obuna bo'lish va shu kabi shartlarni bajargan kishilarga loyiha tokenlarini tarqatishadi. Bu kabi tadbirlar loyihalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

E’tibor qarating: hech qanday shartlarsiz o’tkaziladigan airdrop’lar firibgarlik hisoblanadi. Ular odatda sizga airdrop g’olibi bo’lganligingiz haqida shaxsiy xabar yuborishadi va mukofotni qo’lga kiritish uchun soxta birjalardan ro’yxatdan o’tishingizni so’rashadi.

Nima uchun kriptovalyutalar bepul tarqatiladi?

Asosiy maqsad loyihaga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish va foydalanuvchilar sonini ko'paytirishdir. O’z navbatida Airdrop’larning quyidagi turlari mavjud:

1. Klassik - ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo'lish, loyiha yangiliklar lentalari yoki uning chatlari va ijtimoiy tarmoqlarida faol bo’lish.

2. Bounty Airdrop - ijtimoiy tarmoqlarga obuna bo'lish yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyiha haqida postlar yozish. Natijada siz loyiha tokenlarini olishingiz mumkin.

3. Foydalanuvchilar uchun Airdrop - tokenlar loyihaning dastlabki bosqichida uning xizmatidan foydalanganlar (kriptovalyuta birjasi, veb-sayt va boshqalar), ya'ni har qanday amaliyotlarni amalga oshirganlar tomonidan qabul qilinadi: kiritish, yuborish, almashtirish va hokazo.

4. Airdrop va tokenlarni yangi kriptovalyuta bilan almashish. Ushbu tokenlar uzoq vaqt davomida taqsimlanadi va token bir yil yoki undan ko'proq vaqt davomida faol qolishi mumkin. Dastlabki tarqatish kam sonli foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadi.

Loyihalar tomonidan tashkil qilinadigan Airdrop’larni quyidagi manzillardan topishingiz mumkin:
— Dropsearn;
— Airdropbob;
— Coinmarketcap.

Airdrop tadbirlarida qatnashishdan oldin shaxsiy izlanishingizni amalga oshiring. Har qanday moliyaviy amaliyot o’z ma’suliyatingizda ekanligini unutmang.

HODL
4.5K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-10-31 08:37:01
Arbitraj — sun'iy pul aylanmalari

Oxirgi vaqtlarda qulog’imizga P2P atamasi ko'p marta chalinmoqda. To’g'rimi? Bu ish bilan shug’ullanuvchilarning yaxshi daromad topayatganini ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Keling, bugun P2P o'zi nima ekanligi bilan tanishib chiqamiz. Albatta bu atama keng miqiyosda qo'llaniladi, biz esa uning faqatgina kripto olamida qanday o’rin tutishini tahlil qilamiz.

Kriptovalyuta arbitrajining uchta asosiy turi mavjud:

• Birjalararo arbitraj
Bir turdagi tanganing turli birjalardagi narxining farq qilishi natijasida arzon birjadan uni sotib olib, qimmat bo'lgan joyda sotish. Buning natijasida barcha birjalarda narx teng holatga keladi.
Misol uchun, biz bir birjada 10 dollarga kripto sotib olamiz va boshqasida 11 dollarga sotamiz, natijada 1 dollarlik farq bizning foydamiz hisoblanadi.

• Uchburchak arbitraji
Bu bir yoki bir nechta birjalarda bir emas, balki bir nechta savdo juftliklaridan foydalanadigan usul. Misol uchun, biz Bitcoin'ni steyblkoinga sotib olamiz, so'ngra to'g'ridan-to'g'ri ETH (Ethereum)ni Bitcoin'ga sotib olamiz va uni steyblkoinga sotamiz. Natijada tangalar o'rtasidagi farq hisobiga foyda olamiz. "Tinib-tinchimagan odamlar nimalarni o'ylab topishmaydi-a?!"

• P2P arbitraji
Bu usul oxirgi oylarda yurtimizda juda ham ommalashgan usul hisoblanadi!

P2P usulida foydalanuvchilar bir birlari bilan to'g'ridan-to'g'ri o'tkazmalar amalga oshirishadi va shu tariqa narxlarni shakllantirishlari sababli, bir turdagi kriptovalyutani sotish yoki sotib olish bo'yicha takliflardagi narx sezilarli darajada farq qilishi mumkin

HODL
809 views05:37
Ochish/sharhlash
2022-08-06 13:39:27
Tiffany&Co va CryptoPunks hamkorligi

5-avgust kuni Tiffany&Co zargarlik uyi NFT olamida eng nufuzli to'plamlardan biri bo'lgan kriptopank to’plamiga asoslangan cheklangan zargarlik buyumlarining NFTiff to’plamini sotuvga chiqardi.

To’plam 250 ta marjon bilan cheklangan va u haqiqiy pank egalari uchun amal qildi. Har bir yorqin pank 30 ETH ($50.000) turadi, xaridorlar esa nafaqat noyob kulonni, balki uning raqamli NFT versiyasini ham olishlari mumkin.

Ushbu hamkorlik to'g'risida e'lon qilingandan so'ng, panklarning kunlik savdo hajmi 2 kun ichida 225 $ETH dan 1250 $ETH gacha ko'tarildi va eng arzon narx 75 $ETH ni tashkil etdi.

Avvolroq ro’y bergan, Tiffany va Patek Philippe soati bilan hamkorlikni eslaydigan bo’lsak, undagi soat rasman $52.000 ga sotilgan edi. Bir necha kundan keyin esa uning narxi $6.500.000 ni tashkil etgan.

HODL
2.0K views10:39
Ochish/sharhlash