Get Mystery Box with random crypto!

Investitsiya | $1000

Telegram kanalining logotibi investitsiya — Investitsiya | $1000 I
Telegram kanalining logotibi investitsiya — Investitsiya | $1000
Kanal manzili: @investitsiya
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 272
Kanalning ta’rifi

Har oy kriptovalyutalarga $1000 dollar sarmoya kiritamiz. Natijasi esa kanalda!

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-10-18 08:06:06
Binance birjasida 0.0256 BTC (taxminan $1577)ni garovga qo’yib, 1000 USDT kredit olishingiz mumkin.

Kreditni 6 oydan keyin qaytarsangiz, 1108 USDT to’laysiz va garovdagi bitkoinlar sizga qaytadi. Agar 3 oydan keyin to’lasangiz, 1054 USDT qaytarasiz.

Sizning risklaringiz:
1) Kreditni umuman to’lamasangiz, garov sifatida qo’yilgan bitkoinlar sizga qaytarib berilmaydi.

2) Agar bitkoin narxi ko’tarilish o’rniga, pastga tushib ketib, 46 946 dollarga tenglashsa ham, garovdagi bitkoinlar qaytarilmaydi.

Binance birjasida kriptoqarz olishda yordam kerak bo’lsa bizga yozing: @investitsiyabot

P.S.
Kriptoqarzni oxirgi chora sifatida, yoki risklarni kamaytirish uchun ishlatishingizni tavsiya qilamiz. Boshqa vaziyatlarda, bu servisga ishingiz tushmagani ma’qul, fikrimizcha
!
993 views05:06
Ochish/sharhlash
2021-10-18 08:05:05 Hozir sizga aqlni “portlatib” yuboradigan layfhakni o’rgatmoqchiman

Tasavvur qiling: Siz BTC, ETH, XRP yoki boshqa birorta kriptoning narxi o’sishiga ishonib, shu kriptoni sotib olmoqchisiz yoki allaqachon sotib olgansiz.

Lekin, sizga ayni damda pul kerak. Shuning uchun kripto sotib olishga sharoitingiz yo’q yoki sotib olingan kriptovalyutani sotmoqchisiz. Natijada kriptovalyuta keyingi oylarda rekord darajada o’sishidan siz foyda olomaysiz.

Buning yechimi — Kriptoqarz!

Sizda bitkoin sotib olish uchun taxminan $1600 dollar pul bor. Agar yil oxirigacha bitkoin narxi ko’tarilsa, bu bitkoinlarni sotib, yaxshigina daromad qilib olishingiz mumkin. Lekin, sizni boshqa xarajatlaringiz ham bor, shuning uchun hozir investitsiya bilan shug’ullanishga pul yo’q.

Bunday vaziyatda, $1600 dollar pulingizga 0.026 BTC xarid qilishingiz va xarid qilingan bitkoinlarni binance birjasida garov sifatida qo’yib, taxminan $1000 dollar kredit olishingiz mumkin.

Ushbu $1000 dollarni kerakli xarajatlaringizga ishlatavering. Kredit muddati tugaganida, qarzingizni uzasiz-da, garov sifatida qo’yilgan 0.026 bitkoinni qaytarib olasiz.

Qanday foyda deysizmi?
1) Siz hozir $1600 ga 0.026 bitkoin sotib ololasiz. Agar bitkoin narxi $100 000 ga chiqsa, 2600 dollarga sotib, 63% daromad olasiz.

Kreditga olingan $1000 dollarni arziman foizi bilan qaytarasizda, daromaddan bahramand bo’lasiz.

2) Sizda 0.026 BTC bor deylik. Pul zarurligidan sotmochisiz. Hozir sotsangiz $1600 dollarga sotasiz. Agar narx 100 000 ga chiqishini kutasangiz, $2600 ga sotasiz.

Ungacha bu bitkoinlarni garovga berib, qarzni ishlatib turing.

Sizga tushunarli bo’lishi uchun juda sodda tilda yozishga harakat qildim, post cho’zilib ketgan bo’lsa uzr ;)
724 views05:05
Ochish/sharhlash
2021-10-18 04:25:33 Keling, bugun XRP ga kengroq nazar tashlaymiz. Quyida o'z qarashlarimiz bilan bo'lishamiz. Grafikda nimani ko'ryapmiz? — Ripple'ning haftalik grafigi. Aprelda narxi $0.5 dan $1.95 gacha bir necha haftani ichida o'sgan edi. Aynan apreldagi o'sha impuls, "Uch…
621 views01:25
Ochish/sharhlash
2021-10-17 20:49:37 Keling, bugun XRP ga kengroq nazar tashlaymiz. Quyida o'z qarashlarimiz bilan bo'lishamiz.

Grafikda nimani ko'ryapmiz? — Ripple'ning haftalik grafigi. Aprelda narxi $0.5 dan $1.95 gacha bir necha haftani ichida o'sgan edi. Aynan apreldagi o'sha impuls, "Uch soldat" patternidan keyin kuzatilgandi.

Ertaga 18-oktabr kuni XRP'ning haftalik "свеча"si $1.16 dan yuqorida yopiladigan bo'lsa, grafikda ko'rib turgan ssenariyning amalga oshish ehtimolliligi bir necha barobarga oshadi. Ya'ni grafikda "3 soldat" patterni hosil bo'ladi.

3 soldat patternidan keyingi mo'ljal $1.80 — $1.95 va tarixixiy rekordni yangilash uchun $3.00 — $3.45 ga qarab yo'l olishi mumkin. Biz esa gozdan buyon aynan shuni kutmoqdamiz)

Ripple juda kuchli komanda, fundament, ecosistema va fanatlariga ega. Uning narx grafigi boshqa kriptolarnikiga o'xshab harakatlarishni yoqtirmaydi. Ripple uzoq tayyorgarlik ko'rib, emotsiyalar bilan o'ynashni yaxshi ko'radi. Keyin birdaniga x2 - x4 barobar oshadi. Hamda, xuddi shu tezlikda ripple narxi qulaydi. Bu yerda asosiysi vaziyatni to'g'ri baholash.
692 views17:49
Ochish/sharhlash
2021-10-16 23:04:24 Sizlar bilan bir nechta layfhack'larni bo'lishmoqchimiz:

1. Baffetning bir gapi bor: Hamma sotayotganda — sotib ol, hamma sotib olayotganda — sot!
O'zbek internet nashrlari (daryo kun va h.k), o'zbek blogerlari va mahalladagi do'stlaringiz bitkoin haqida gapirishni boshlashganida bitkoinlaringizni sotib yuboring. Yaqin orada narxlar qulashining signali bu!

2. Altkoinlarni haqin haftalarda kuzating. Kuchli fundamentga ega altkoinlar arzonlashni boshlaganida, sotib olishga harakat qiling.

3. FOMO sizni egallab olishiga imkon bermang.
FOMO (Синдром упущенной выгоды) — o'tkazib yuborilgan foyda sindromi. Xuddi, hozirgina siz oxirgi poyezdni o'tkazib yuborayotgan bo'lasiz. Agar shu poyezdga chiqib olmasangiz foydadan quruq qoladiganday his qila boshlaysiz. FOMO emotsiya bilan qaror qabul qilishga sababchi.

Bitkoin yozda 30k edi, hozir esa 60k. Sen allaqachon 2x'ni o'tkazib yubording. Bozorda hamma daromad qilyapdi, sen esa yo'q! — Aynan shu fikrlar paydo bo'lyapdimi, demak sizda FOMO belgilari. Yaqin orada barcha pullaringizni yo'qotasiz.

Agar kimdir sizda FOMO uyg'otmoqchi bo'lsa, demak u sizga nimadir sotmoqchi.


Postlar soni birdaniga ko'payib ketganiga xafa bo'lmaysiz endi, vaqt bo'lganida fikrlarimiz bilan bo'lishib qo'yaverdik.
656 views20:04
Ochish/sharhlash
2021-10-16 22:47:11 Albatta, bozordagi optimistik qarashlar uchun yetarlicha argumentlar bor. Bozorning 'sudyasi' — Qimmatli Qog'ozlar bo'yicha Komissiya (SEC) kriptoga ijobiy qaramoqda. Yangi ETF larga ruxsat bermoqda.

ETF nima o'zi deysizmi?
ETF — bu fond. Xuddi oddiy qimmatli qog'ozlar kabi birjaga muomalaga chiqariladi. Sotuvdan tushgan barcha pullar ma'lum bir qimmatli aktivni xarid qilishga sarflanadi. BItcoin ETF'larda esa, sotuvlardan tushgan barcha mablag'larga bitkoin xarid qilinadi.

BITCOIN ETF'larga SEC tomonidan ruxsat berilishidan qanday foyda?
Gap shundaki, trilionlab dollar aylanadigan dunyoning eng yetakchi birjalarida hozircha Bitkoin bilan savdo-sotiq ishlari amalga oshmaydi. Yuqorida aytilgan BITKOIN ETF'lari orqali buning imkoini bor.
Sodda qilib aytganda, bitkoin endi gigant fond birjalariga kirib boradi. Natijada, xaridorlar ko'payib, bitkoinga sarmoyalar miqdori oshadi. Talab ko'paysa, narx ham o'sadi.

2 ta ETF esa allaqachon SEC tomonidan ma'qullanib bo'ldi.
583 views19:47
Ochish/sharhlash
2021-10-16 22:36:17 Ushbu ideyaga nima deysiz?

Grafikda 2013 va 2017-yillardagi bitkoin narxining rekord darajada o'sishi, 2021-yil oxiriga qiyoslangan.

Texnik analizning oltin qoidasi bor: "Tarix qaytalanadi!" Agar, bu gap rost bo'lsa yanvarda 200k narxni ko'ramiz.
640 views19:36
Ochish/sharhlash
2021-10-16 22:30:55 BTC haqia mulohazalar

Apreldagi rekord 64-65k dan qaytgan edi. Hozir shu narxni test qilyapdi. Agar shu hafta narxlari 65k dan yuqorida yopiladigan bo'lsa, keyingi level 80-82k.

Lekin, RSI indikatori teskarisini ko'rsatmoqda. Shu sababli, narxlar 53-55k ga qaytishi mumkin. 50k da kuchli support level bor. Narx orqaga qaytishi bilan, katta xaridorlar tezda sotuvdagi bitkoinlarni sotib olishi aniq. Demak, yaqin haftalarda 80k dan o'tishimiz aniq.

Biz BTC'ga optimistik ruhda qarayapmiz. Fikrimizni so'rasangiz, sizga uchta raqam aytishimiz mumkin: 100k 150k 200k

Oldingi postda yozganimizdek, agarda BTC narxi 58-65k orasida gorizontal harakatlanda, altkoinlar zuklik bilan yuqorida "uchishadi". Shuning uchun, kichik hajmlarda altkoinlarni sotib olishda davom etyapmiz.

FET ALGO ATOM DOT TWT ICX LTC va XRP eng maqbul variantlar. Bu altkoinlar yaqin 2-3 oyda 2x-3x-5x berishi mumkin.

Hozirgacha deyarli 6% ga o'sgan #Experiment portfelimiz yil oxirigacha kamida 50% o'sish qayd etishini kutyapmiz.

https://www.tradingview.com/x/I92DT3sQ/
610 views19:30
Ochish/sharhlash
2021-10-16 02:22:53 Bozordagi vaziyat:

• Bitkoin uchyapdi
• Altkoinlar narxi qotib turibdi yoki arzonlashyapdi

Bozordagi 97% omma qanday yo’l tutadi?

Altkoinlarga sarmoya kiritgan treyderlar hafsalasi pir bo’lib, barcha bitimlarni yopishadi, pozitsiyadan chiqishadi. Bitkoinga kirishni boshlashadi. Altkoinlar narxi yanada ko’proq tushishni boshlaydi.

Keyin esa bitkoin barcha rekordlarni yangilab bo’lgach, o’sishdan to’xtaydi. Trend to’xtadi, narx endi gorizontal harakatlanadi. Treyderlar emotsiyada savdolar ochishni boshlashad, qo’shimchasiga “плечо” bilan. Va… likvidatsiya qilinadi.

Millionlab depositlar havoga uchadi, bitkoin bo’lsa gorizontal harakatda davom etadi. Ko’p treyderlar bitkoinni sotib Dollarga o’tib olishadi.

Hamma bitkoin bilan ovora bo’lib turishganida, altkoinlar jiddiy burilish qilib, grafiklarda faqat yashil chiziladi. Treyderlar altkoinga kirishga qo’rqib turishadi, chunki altkoinlar o’sishi kutilmaganda va juda tez bo’lishi mumkin.

Altkoinlar bir necha barobar o’sishadi. x2 x5 x10!!! Lekin, sizsiz)

Ayrimlargina o’z strategiyasida, xotirjam ishlab, foyda bilan chiqishadi. Ba’zi bir omadlilar ham boylik orttirishi mumkin. Lekin juda tez yo’qotishadi, barcha boyligini. Chunki, ularning shunchaki omadi keldi, o’sish trendi esa doim davom etmaydi.

Maslahatimiz keyingi 2-3 oy uchun o’zingizning ssenariyingizni ishlab chiqing. Va 100% amal qiling.

P.S.
Bugun kun davomida keyingi 2-3 oy haqidagi ssenariy bo’yicha yana post bo’ladi.
Ha, aytgancha XRP’ga sarmoya qilganlar, hali sotib qo’ymadizmi?)
659 views23:22
Ochish/sharhlash
2021-10-15 14:13:04 60k
630 views11:13
Ochish/sharhlash