Get Mystery Box with random crypto!

P2P da aldanib qolyotganlar uchun qo'llanma: Merchant tanlash | Binance Uz Kriptovalyuta Darsliklar

P2P da aldanib qolyotganlar uchun qo'llanma:

Merchant tanlashda faqat narxga emas, statistikaga, orderning bajarilish foizi, tezligi, qachondan beri ishlashi, salbiy komentariyalar qanchalik ko'p va asosli ekaniga e'tibor qaratsangiz adashmaysiz.

USDT sotib olishda sotuvchining kartasiga pul o'tkazganingizdan keyin, "Оплачено, далее" tugmasini bosishni unutmang. Agar, haqiqatdan to'lov qilgan bo'lsangiz, aslo orderni bekor qilmang. Sotuvchi uzoq vaqt sizga javob bermasa, USDT ni o'tkazib bermasa ham apellatsiya orqali olishingiz mumkin.

USDT sotishda esa, xaridor sizga pul o'tkazdim, 5-10 daqiqada tushadi, tasdiqlayvering desa, ehtiyot bo'ling. Kartangizga haqiqatda pul tushmaguncha USDT ni o'tkazib bermaslikka haqingiz bor. Soxta chek, tahdid, "Erkakmisiz? Tezroq zarur edi, tasdiqlayvering, 2-3 minutda tushadi" deydiganlardan ayniqsa, ehtiyot bo'ling. Agar, xaridor to'lov qilganini tasdiqlab qo'ysa, lekin kartangizga pul tushmagan bo'lsa, bu holatda ham apellatsiya orqali orderni bekor qilishingiz mumkin.

Doʻstlaringiz ulashing