Get Mystery Box with random crypto!

Binance Uz Kriptovalyuta Darsliklar

Telegram kanalining logotibi kripto_darslik — Binance Uz Kriptovalyuta Darsliklar B
Telegram kanalining logotibi kripto_darslik — Binance Uz Kriptovalyuta Darsliklar
Kanal manzili: @kripto_darslik
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.47K
Kanalning ta’rifi

Assalomu aleykum kanalimizga xush kelibsiz!
Kanalda siz uchun Kriptavalyutaga oid bepul darsliklar, yangiliklar va texnik analizlar tashlanadi!
Admin: @kripto_darslik_admin
Guruhimiz: @BinanceUZB_chat
Reklama: @Kripto_reklama
Ishonchli USDT: @P2Puz_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2022-08-28 10:15:46
BTC savdo hajmining aksariyati soxta ekanligi aniqlandi!

Forbes 157 kriptovalyuta birjasini tahlil qilib, bitkoinning kunlik savdo hajmi haqidagi ma'lumotlarning taxminan 51 foizi haqiqatda soxta ekanligi haqidagi xulosaga keldi.

Shunday qilib, maqolada aytilishicha, 14 iyun holatiga ko'ra, kompaniyalar 262 milliard dollarlik savdo hajmini e'lon qilgan, shundan atigi 128 milliard dollari haqiqiy bo'lgan.

Mutaxassislar platformalarni ham bitta ro‘yxatga kiritib, “noto‘g‘ri hajm foizlari” bo‘yicha bir necha toifalarga bo‘lishdi. Bundan shuni bilish mumkinki oʻtgan davr mobaynida narxlar sunʼiy tarzda oshirib borilgan!
Bu oʻz navbatida bozorda kuchli qulashga olib kelmoqda.

Oʻzbekistonlik eng koʻp foydalaniladigan Binance kriptovalyuta birjasida ham 45% savdo hajmlari soxta ekanligi tahmin qilinmoqda.

Doʻstlaringizga ulashing
1.8K views07:15
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:45:17
Revolut o'z ilovasiga EGLD kriptovalyutasini qo'shdi!

Britaniyaning raqamli banki Revolut o'zining bank ilovasiga EGLDni qo'shdi.

Buning sharofati bilan 20 milliondan ortiq Revolut foydalanuvchilari Elrond ekotizimlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida yangi investorlarni jalb qilish imkonini beradi.

Spotga op qoʻysak boʻladi doʻstlar...

Doʻstlaringizga ulashing
1.1K views13:45
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:40:24
Uznex Milliy kriptovalyuta birjamizda Chetga USDT chiqarish uchun 32 USDT komissiya olarkan va yetmaganiga 12 kun tasdiqlashlashlarini kutarkansiz. Diqqat savol GM Uzbekistan bilan bu birjani farqi nimada? Izohlarda yozib qoldiring...

Doʻstlaringizga ulashing
1.5K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:08:39
Bozorning umumiy holati!

Bozor kapitallashuvi 0,52% ga oshdi va $1,03 trillion ga yetdi, umumiy kunlik savdo hajmi $68,15 mlrd. BTC ustunligi 40,68%, ETH ustunligi esa 19,95%.

Qo'rquv va ochko'zlik indeksi 25 (o'ta qo'rquv) ni tashkil etadi va bloklangan mablag'larning umumiy miqdori 61,61 milliard dollarga ko'tarildi.

Binance 24 soatlik hajmlar bo'yicha eng yirik birja bo'ldi. 96,5 million dollarni likvidatsiya boʻldi!

Doʻstlaringizga ulashing
1.5K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-08-23 18:07:03
Binance nol toʻlovli ETH savdosini ishga tushiradi!

Kriptovalyuta birjasi Binance ETH/BUSD spot juftlik savdosi uchun nol komissiya joriy etilishini e'lon qildi. Aksiya 26 avgust 08:00 (Toshkent) dan 26 sentyabr 08:00 (Toshkent) gacha amal qiladi.

Doʻstlaringizga ulashing
1.4K views15:07
Ochish/sharhlash
2022-08-22 17:19:24
Ronin xakerlari o'g'irlangan mablag'larni Bitcoin tarmog'iga o'tkazdilar!

₿liteZero foydalanuvchi nomi bilan tanilgan tahlilchi Roninga hujum uchun javobgar bo'lgan gumonlanuvchilarning tranzaktsiyalarini kuzatganini elon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar o‘g‘irlangan 625 million dollar miqdoridagi deyarli barcha mablag‘larni Blender, UnKnown va ChipMixer xizmatlari orqali Bitcoin tarmog‘iga olib qo‘ygan.

Shunisi e'tiborga loyiqki, xakerlar pulning bir qismini, taxminan 20 million dollarni markazlashtirilgan Binance, Huobi va FTX birjalari orqali o'tkazgan va shundan so'ng ularning pullari muzlatilgan.

₿liteZero qo‘shimcha qilishicha, u bu bilan to‘xtab qolish niyatida emas va jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini aytib oʻtdi.

Tredingdan koʻra hakkerlikni oʻrganish kerak shekilli... Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring...

Doʻstlaringizga ulashing
1.6K views14:19
Ochish/sharhlash
2022-08-22 15:58:14 Treydingni endi boshlaganlar va Havaskor holda shu sohada ishlayotganlar uchun bizning PREMIUM guruhimiz ochildi Bizning yopiq guruhimizda siz Binance platformasida Spot, Futures, P2P boʻlimlarida ishlash; Texnik va Fundamental analizlar qilish; Oʻtilgan…
1.4K viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2022-08-21 17:40:59 O‘zbekistonda kriptovalyutalar bilan savdo qilish qoidalari tasdiqlandi!

Qoidalar prezidentning 27-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Nizomda quyidagilar belgilangan:

mijozlar bilan munosabatlarni o‘rnatish tartibi;
kripto-aktivlar savdolarini tashkil etish tartibi;
mijozlar bilan vositachilik munosabatlari asosida bitimlar tuzish tartibi;
kripto-birjada hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi;
kliring xizmati ko‘rsatishni to‘xtatish.
Kripto-birja mijozlarining pul mablag‘lari va kripto-aktivlari kripto-birjaning pul mablag‘lari va kripto-aktivlaridan alohida hisobga olinadi va saqlanadi. Savdolar ishtirokchilari majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilganidan so‘ng ularga kripto-birja elektron platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Kripto-birja kripto-aktivlar savdolari bilan bog‘liq bitimlar ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Kripto-birja tomonidan qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularni to‘xtatish hamda kelgusida qaytarilmasligi bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.

O‘zbekiston rezidentlari kripto-birjaning elektron platformasida:

kripto-aktivlar bilan kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarining barcha turlarini milliy valyutada, jumladan kripto-aktivlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdolar maydonchasida sotish va sotib olishga qaratilgan bitimlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlarni sotishga doir operatsiyalarni xorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega;
sotib olish obyekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash huquqiga ega va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligi hisoblanadi.
O‘zbekiston rezidentlari tomonidan o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni xorijiy kripto-birjalar va platformalarda ayirboshlanganligi natijasida qabul qilingan kripto-aktivlar o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlarining elektron platformalarida sotiladi.
Kripto-birjalarda barqaror tokenlarni chiqarish va chiqarishni ro‘yxatga olish, tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish maqsadida ta’minlanmagan tokenlarni chiqarish, chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish taqiqlanadi. Kripto-birja mijozlar bilan munosabatlarni shartnoma asosida o‘rnatadi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15-avgustdan kuchga kirdi.

Doʻstlaringizga ulashing
2.2K views14:40
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:47:09
#Kayfiyat

Likvidatsiya boʻlsa ham P*** boʻlgan doʻstlarga tashlab qoʻyamiz!

Doʻstlaringizga ulashing
1.9K views11:47
Ochish/sharhlash
2022-08-19 16:49:30
Oxirgi 24 soat ichida 552 million dollar Likvidatsiya boʻldi. Bunga asosiy sabab BTC narxi keskin tushib ketishi boʻldi.

BTC 21 270 dollarga tushib ketdi va hozirda 21 400 dollar atrofida sotilmoqda, ETH esa 1 750 dollar atrofida. Bozor kapitallashuvi taxminan 5,7% ga kamaydi va yozish vaqtida 1,016 trillion dollarni tashkil etdi.

Bozorning pasayishi tufayli 157 mingdan ortiq treyder bor pulini yoʻqotdi va 552 million dollarlik pozitsiyalar tugatildi.

Likvidatsiylar birjalar boʻyicha taqsimotini bizning infografikamizda ko'rishingiz mumkin.

Siz 24 soat ichida qancha miqdorda foyda yoki zarar qildingiz? Izohlarda yozib qoldiring...

Doʻstlaringizga ulashing
2.0K views13:49
Ochish/sharhlash