Get Mystery Box with random crypto!

AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKINING SONLI LOTEREYALARI ISHTIRO | omadlotto

AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKINING SONLI LOTEREYALARI ISHTIROKCHILARI VA ISHQIBOZLARI DIQQATIGA!

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki bankning sonli lotereyalari bo‘yicha yakuniy yutuqlar tirajlari joriy yilning dekabr oyida, jumladan:

“Omad lotto” sonli, pul yutuqli lotereyasi “36 dan 5” o‘yinining 637-yutuqlar tiraji 24-dekabr sanasi soat 19:00 da;

“Sharqona lotto” sonli, pul-buyum yutuqli lotereyasi “36 dan 6” o‘yinining 305-yutuqlar tiraji 28-dekabr sanasi soat 19:00 da;

hamda “Superlotto” sonli, pul yutuqli lotereyasi “6+1” o‘yinining 302-yutuqlar tiraji 29-dekabr sanasi soat 19:00 da o‘tkazilishini va mazkur yutuqlar tirajlari O‘zteleradiokompaniyaning “Navo” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda namoyish etilishini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, lotereyalarning mazkur tirajlarda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan o‘yinni o‘tkazish Shartlarida belgilangan me’yorlar asosida ushbu kunga qadar shakllangan yutuq fondi, shu jumladan yutuq fondining zaxira va maxsus kategoriyalari mablag‘lari to‘liq o‘ynalishini eslatib o‘tamiz.