Get Mystery Box with random crypto!

​TON asosidagi o'yinlar. 2-qism. Bir oy oldin biz TON asosida | TON Community 🇺🇿

TON asosidagi o'yinlar. 2-qism.

Bir oy oldin biz TON asosidagi o'yinlar bilan sizlarni tanishtirgan edik va bugun esa yana ikkita TON GameFi loyihasi bilan tanishtirmoqchimiz.

Lost Dogs.

Bu 2 222 NFT kuchukdan iborat o'yin mexanikasiga ega generativ to'plam.

Har bir kuchuk o'zining tashqi ko'rinishi va noyobligini belgilaydigan noyob atributlarga ega va eng muhimi, NFT uy hayvonlari ko'payishi mumkin.

Foydalanuvchilar nasl olishlari va yangi itlarni ko'paytirishlari mumkin, shu bilan birga urchitish mexanikasi to'g'ridan-to'g'ri Getgems bozorida amalga oshiriladi.

To'plam mashhur CryptoKitties kabi bo’lib, faqat TON tarmog'ida va noyob mutatsiya mexanikasiga ega. Urchitish orqali NFT’ning token qiymatiga ta'sir qiluvchi eksklyuziv atributlarga ega bo’lish mumkin.

To'plam haqida batafsil ma'lumot ushbu postda berilgan.

TON Chess.

TON Play platformasida doʻstlar va tasodifiy raqiblar bilan oʻynash mumkin boʻlgan TON asosidagi klassik shaxmat.

O'yinlarni yutib, siz shaxmat taxtasi va donalaringiz uchun eksklyuziv NFT’larga ega bo’lasiz.

Shuningdek, o'yinchilar uchun sovrinli shaxmat turnirlari ham o'tkaziladi.

Biz sizni TON GameFi segmentidagi yangi mahsulotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.