Get Mystery Box with random crypto!

​TON grant dasturi: so'nggi oy natijalari. Qishning so‘nggi 3 | TON Community 🇺🇿

TON grant dasturi: so'nggi oy natijalari.

Qishning so‘nggi 3 oyi va 2022-yil noyabrida TON grant qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalar ro‘yxatini e’lon qilamiz.

1. TON TLV Meetup.

Ushbu loyihaning maqsadi Isroilning Tel-Aviv shahrida TON tarmog'ida dasturchilar va ishqibozlar hamjamiyatini tajriba va bilim almashish uchun tashkil etishdir.

2. TON Link.

Loyiha odatdagi PoS konsensus mexanikasini amalga oshirishi mumkin bo'lgan ishonchli konsensusni ishlab chiqish uchun grant oldi.

3. TON&Co. Platform.

Bu dasturchilar uchun TON’da markazlashtirilmagan ilovalarni yaratish uchun keng qamrovli platformadir.

4. Tonana.

Bu o'zaro zanjirli kripto birjasi. Grant birja sahifasini qayta ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek, Solana Wallet va Cosmos Wallet’ni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish uchun berilgan.

5. TON Run.

Bu navigatsiya sahifasi va TON ekotizimining xaritasi boʻlib, u orqali foydalanuvchilar TON’da dApps dunyosini qulay tarzda oʻrganishlari mumkin.

6. Rift.

Loyiha TON blokcheyni bilan oʻzaro ishlash uchun qulay interfeys yaratish va dBuilder yordamida ishlab chiqilgan shartnomalarni keyingi sinovdan oʻtkazish doirasida joylashtirish imkonini beruvchi texnologiyani joriy qilish uchun grant oldi.

Grant oluvchilarni tabriklaymiz va TON ekotizimida yangi mahsulotlarni kutib qolamiz!

Eslatib o‘tamiz, grantlar uchun arizalarni ko‘rib chiqishning har oy yangi bosqichlari o‘tkaziladi va TON’da foydali mahsulot yaratishni istagan har qanday jamoa ishtirok etishi mumkin. Arizani Questbook 2.0 orqali qoldirish mumkin.