Get Mystery Box with random crypto!

​TON: DeFi Landscape hisobotini yaratishda ishtirok etgan Whit | TON Community 🇺🇿

TON: DeFi Landscape hisobotini yaratishda ishtirok etgan Whiterabbit jamoasi TON mayning tarixini tahlil qiluvchi yangi maqola e’lon qildi.

Mutaxassislar oncheyn tahlil o'tkazdilar va ilk maynerlar, validatorlar va asosiy TON hamjamiyati o'rtasidagi aloqalarni o'rganishdi.

Maqolaning qisqacha mazmuni:

2020-yilning iyul va avgust oylari orasida Toncoin’ning umumiy taʼminotining 96 %i maynerlarga tarqatildi.

Ta'minotning kamida 85,8 %i bir-biriga bog'langan va TON Foundation bilan bog'langan bir nechta mayner guruhlari tomonidan mayning qilingan.

Ushbu maynerlar guruhlarining mablag'lari TON PoS blokcheyn konsensusining 2/3 qismini nazorat qiluvchi tarmoq validatorlari tomonidan qo'llaniladi.

Faol bo’lmagan hamyonlarni muzlatish bo'yicha yaqinda o'tkazilgan ovoz berish jarayoni potensial investorlar va TON builderlariga ko'proq ishonch bag'ishlaydi, ammo ekotizimga uzoq muddatli ishonchni ta'minlash uchun yanada ko'proq ishlarni amalga oshirish kerak.

Maqolaning oxirida TON Foundation ekotizimdagi barcha jarayonlarning mutlaq shaffof bo’lishi zarurligini ta'kidlab, izohi berdi.

Mustaqil tadqiqot guruhlari hamjamiyat manfaati uchun TON’ga qiziqish bildirayotgani va tahlil qilayotganidan mamnunmiz.