Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 86.02K
Kanalning ta’rifi

The Open Network (TON) barchani kripto bilan tanishtiradi. TON Telegram messenjerida Web3 ekotizimini qurish orqali milliardlab odamlarga raqamli shaxsiyat, maʼlumotlar va aktivlarga egalik qilish imkoniyatini beradi.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-01-21 12:00:05Stakee bilan tanishing

Stakee Telegramda uzluksiz integratsiyalangan steyking xizmati bo‘lib, o‘z foydalanuvchilari uchun minimal komissiyalar saqlab qolgan holda soddalik, ishonchlilik va maksimal daromadni taklif etadi.

Asosiy xususiyatlar:

Raqobatbardosh APY: Stakee yuqori daromad taklif qilish bilan ajralib turadi va bu o'z daromadlarini oshirishni istaganlar uchun jozibador variant hisoblanadi.
Kam komissiyalar: platforma minimal komissiya stavkalariga sodiqligi bilan ajralib turadi, bu esa foydalanuvchilarga oʻz daromadlarining katta qismini saqlab qolish imkonini beradi.
Telegram integratsiyasi: Stakee xizmatlaridan Telegramdagi @StakeeBot orqali qulay foydalanish mumkin. Bu oson va foydalanuvchilarga qulay steyking tajribasini taqdim etadi.
Ishonchli poydevor: TON Foundation tomonidan ishlab chiqilgan rasmiy aqlli shartnomalar asosida ishlagan Stakee foydalanuvchilarga o'tkazmalarida shaffoflik va ishonchlilikni kafolatlaydi.
Tasdiqlangan validatorlar: 2021-yildan beri platforma oʻzining ishonchliligi va foydaliligi boʻyicha obro'sini mustahkamlab, tasdiqlangan tajribaga ega validatorlardan foydalanmoqda.

@StakeeBot orqali Stakee xizmatidan foydalaning va kelgusi yangilanishlar xbardor bo'lish uchun ushbu Telegram kanalga qo'shiling.
34.2K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-01-19 18:00:12DeDust kuchaytirilgan hovuzlarni taqdim etadi va Telegram Mini ilovasini ishga tushiradi

DeDust.io o'zining yangi Telegram Mini ilovasini (TMA) ishga tushirdi, bu foydalanuvchilarga Telegram ichida to'liq ishlaydigan DEXni taklif qilish orqali DeFi'dan foydalanishni yanada qulayroq qildi.

Yangi mukofot mexanizmi
DeDust.io shuningdek, likvidlik provayderlari uchun yangi mukofot mexanizmini joriy qildi. Hozirda platformada mavjud boʻlgan ushbu yangi xususiyat likvidlik provayderlariga jetton asoschilari va ishqibozlaridan qiyinchiliksiz qoʻshimcha mukofotlar olish imkonini beradi. Bu esa ularning daromad salohiyatini oshiradi.

DeDust.io kuchaytirilgan hovuzlar
Sovg'a belgisi bilan ta'kidlangan DeDust.io'dagi ma'lum likvidlik hovuzlari yangi kuchaytirilgan hovuzlarning bir qismi bo'lib, yuqori APR bilan qo'shimcha daromad olish imkoniyatlarini taklif qiladi. Ushbu rag'batlantiruvchi hovuzlarda likvidlikni ta'minlash juda oddiy hamda mukofotlar foydalanuvchilar portfelida to'planadi. Tokenlar har kuni hisobga olinadi va ular qo'lda talab qilinishi kerak. Muhimi, tokenlarni istalgan vaqtda olib qo'yishning moslashuvchanligini ta'minlaydigan majburiy qulflash muddatlari mavjud emas.

O'z juftligida Total Value Locked (TVL) ni oshirishni maqsad qilgan ta'sischilar uchun oddiy jarayon mavjud:
Hovuzlar sahifasiga tashrif buyuring.
"Boost a pool" bandini tanlang.
Taqdim etilgan ko'rsatmalarga amal qiling.

Qo'shimcha mukofotlar izlayotgan likvidlik provayderlari The Open Network (TON) doirasidagi turli loyihalar bo'yicha ko'plab takliflar uchun hovuzlar sahifasini muntazam ravishda tekshirishlari mumkin.
25.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-01-19 15:30:03TON dasturchilari hisoboti: 2023-yil 4-chorak

2023-yilning so'nggi choragi TON ekotizimining muhim yutuqlari, kengayayotgan hamjamiyat va strategik hamkorlikni o'z ichiga olgan muhim davr bo'lib, The Open Network (TON) uchun yangi marralarni belgilab berdi.

Asosiy fikrlar:

Telegramdagi TON dasturchilar hamjamiyati joriy chorakda 22,8 foizga o‘sdi va 1-oktabrdagi 10957 a’zodan 2023-yil 31-dekabrgacha 13454 tagacha o‘sdi.

tApps Center va Telegram Mini Apps platformasida sezilarli yaxshilanishlar amalga oshirildi, 140 dan ortiq yangi ilovalar qoʻshildi va noyabr oyida ilovalarni ishga tushirish soni 90% ga oshdi.

Tact 1.1.5 ishga tushirildi va TON Foundation taniqli Web3 dasturchisi Anton Trunovni TON Tact jamoasiga qabul qildi. Bundan tashqari, Hack-TON-berfest'da yangi dasturchilarni jalb qilish uchun yangi Tact Cookbook yaratildi.

TON Bootcamp HashKey Capital bilan hamkorlikda Telegramning TON'ga asoslangan Web3 ekotizimida Mini ilovalar yaratuvchi Web3 dasturchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun ishga tushirildi.

Animoca Brands TON ekotizimiga strategik sarmoya kiritdi va buyurtma asosida tayyorlangan TON Analytics Dashboardni taqdim etdi. Bu Yat Siuning TON Foundation va Telegram vakillari bilan bir qatorda CoinMarketCap Live podkastida paydo bo'lishidan so'ng, u Animoca'ning TON va Telegramda "ko'plab" bo'lajak o'yinlarini ishga tushirish rejalarini oshkor qildi.

Batafsil ma'lumot va chuqurroq o'rganish uchun TON dasturchilari hisobotining to'liq qismi bilan tanishing: 2023 yil 4-chorak.
22.2K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-01-18 14:30:01
Gateway 2023 muhim hodisalar

2023-yil 10-11-noyabr kunlari Dubayda boʻlib oʻtgan TON kompaniyasining ilk shaxsiy konferensiyasi boʻlgan Gateway'ning muhim voqealari aks ettirilgan qisqa videoni baham koʻrishdan mamnunmiz. Konferensiya haqida batafsil maʼlumotni bu yerda olishingiz mumkin.

TON Web3 festivalida
TON 2024-yil 8-aprelda Gonkongdagi Web3 festivalida asosiy sahnaga chiqadi. Yangilanishlarni kuzatib boring. Web3 festivali haqida qo'shimcha ma'lumot olish uchun ushbu sahifaga tashrif buyuring.

TON Gateway haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu blog postini o'qing. Rasmlar va jonli efirlarni tadbirning rasmiy veb-saytida topishingiz mumkin.
13.1K views11:30
Ochish/sharhlash
2024-01-17 14:30:00
Notcoin umumiy 15 million foydalanuvchi va 5 million kunlik faol foydalanuvchilardan oshib ketdi

Notcoin ommaviy ishga tushirilganidan atigi uch hafta o'tib, 5 million kundalik faol foydalanuvchilar va uumiy 15 million foydalanuvchidan oshib, ajoyib bosqichga erishdi. Web3 oʻyinlari olamidagi bu tez koʻtarilish TON va Telegram taklif etayotgan cheksiz imkoniyatlarni, ayniqsa messenjerning ijtimoiy virusli mexanikasini oʻz imkoniyatlaridan to'liq foydalanish natijasini ko'rsatadi.

Ushbu ajoyib muvaffaqiyatga erishish va Notcoin sayohatini o'rganish uchun bugungi Spaces sessiyasini o'tkazib yubormang: 'THE NOTCOIN EFFECT: 10M IN 2 WEEKS'.

Sana: Chorshanba, 17-yanvar, 2024-yil
Vaqt: UTC 16:00

Bu yerga eslatma qo'ying va Notcoin muvaffaqiyat tarixiga chuqurroq sho'ng'ish uchun ushbu blog posti bilan tamishing.
24.1K views11:30
Ochish/sharhlash
2024-01-17 12:00:10ShareON bilan tanishing

ShareON innovatsion Telegram Mini ilovasini ishga tushirmoqda. U o‘qish, almashish va pul ishlashga qaratilgan bo‘lib, Telegram foydalanuvchilarining kontentga nisbata qarashini o‘zgartiradi.

TON blokcheyni asosida yaratilgan ShareON ReadON kontent qatlamini TON ekotizimiga kengaytirib, Telegramning 800 million oylik faol foydalanuvchilari uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Ushbu ishga tushirish nafaqat foydalanuvchilarning kontentni qanday iste'mol qilishini va almashishini yaxshilaydi, balki TON'ni ushbu yangi iqtisodiy modelning ajralmas qismi sifatida joylashtiradi, bunda foydalanuvchilar o'z ishtiroki uchun mukofotlanadilar.

Yaqin kelajakda ShareON shuningdek, TON ekotizimida foydalanuvchi tajribasini yanada integratsiyalashgan va boyitib, TON blogini qo'llab-quvvatlaydi.

ShareON markazlashtirilmagan Web3 kontentini birlashtirish va tarqatishda yetakchi bo'lgan ReadON tomonidan inkubatsiya qilingan. ReadON Web2'da daromadlarni taqsimlash va kontentni moderatsiya qilishning asosiy masalalarini hal qiluvchi kontent ilovalari zanjiri bilan sezilarli yutuqlarga erishdi. Ularning texnologiyasi ilg'or maxfiylik choralarini, Web2'ga mos mualliflik huquqi protokolini va Open Content AI modelini o'z ichiga oladi.

ReadON'ni ajratib turadigan narsa uning ta'sirchan rekordidir: 100 dan ortiq B2B mijozlari, shu jumladan yetakchi birjalar, 1 millionga yaqin foydalanuvchiga ega mashhur Web3 kontentini yig'ish ilovasi (ReadON DAO), moliyalashtirish uchun 2 million dollar va uchta xakaton mukofoti.

ShareON'ga ushbu havola orqali kiring va bu yerda ReadON Telegram hamjamiyatiga qo‘shiling.
21.9K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-01-16 15:02:25
TONNEL tarmog‘i bilan tanishing

TON Mainnet tarmog'ida TONNEL Network ya'ni Zero-Knowledge maxfiylik protokoli ishga tushirildi. TON Virtual mashinasining (TVM) so'nggi yangilanishidan foydalangan holda, TONNEL tarmog'i TON foydalanuvchilari uchun zanjirdagi maxfiylikni yaxshilashga mo'ljallangan. Bu ishlanma juda ham diqqatga sazovor chunki TON Telegramga chuqur integratsiyalashgan va bu yerda foydalanuvchi maxfiyligi muhim ahamiyatga ega.

Asosiy xususiyatlar:
Shaxsiy o'tkazmalar: TONNEL hozirda Toncoin ($TON) va $TONNEL tokenlarining shaxsiy oʻtkazmalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Kelajakda ko'proq jettonlar qo'shiladi.
ZkNFT standarti: TONNEL NFTlarga maxfiy egalik qilish va uzatish imkonini beruvchi ZkNFT standartini ishlab chiqishda yetakchilik qilmoqda. Ushbu tashabbus TON blokcheynida ilk shaxsiy NFT to'plamini joylashtirishni o'z ichiga oladi.

Mainnet Airdrop kampaniyasi
TONNEL hamjamiyatni Mainnet airdrop kampaniyasida ishtirok etishga taklif qiladi. 100 000 $TONNEL taqsimlanadigan omadli g'oliblari qatorida bo'ling.

Siz bu yerda aksiyada qatnashishingiz va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun TONNEL tarmog'ining rasmiy Telegram kanaliga qo‘shilishingiz mumkin.
22.0K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-01-16 11:00:07TON hamjamiyatining hafta sarhisobi

The Open Network (TON) ekotizimida so‘nggi yetti kunda ro'y bergan eng qiziqarli yangiliklar to‘plami.

Tarmoqning o'sishi:

TONda roʻyxatdan oʻtgan hisoblar soni 2024-yil 8-yanvardan 14-yanvargacha 4 484 245 tadan 4 692 637 taga (+4,6%) oʻsdi.

Ekotizim yangiliklari:

TON asosidagi play-to-earn (P2E) o'yini bor-yo'g'i bir hafta ichida 4,1 milliondan ortiq foydalanuvchini qamrab olib, ikkinchi haftada esa bu ko'rsatgich 10 milliondan ortiqni tashkil etib misli ko'rilmagan marraga erishdi. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

EVAA protokoli TON Mainnet'da jonli efirga uzatildi. Ushbu markazlashmagan kreditlash va qarz olishni joriy qilib, o'z foydalanuvchilari uchun murakkab savdo va daromad olish imkoniyatlarini taqdim etadi. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

TON Dev hamjamiyati so‘rov o‘tkazish orqali ekotizimni rivojlantirish uchun TON dasturchilariga murojaat qildi. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

Biz TON blokcheynida Telegramdagi noyob o‘yin tajribasi va daromad olish imkoniyatlarini taklif qiluvchi beshta o‘yinni o‘rganib chiqdik. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

Indoneziyaning yetakchi kripto birjasi bo'lgan Reku Toncoin (TON)ni TON/IDR savdo juftligi bilan ro‘yxatga oldi. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

TON Society o'zining ochiq chaqiruvini e'lon qildi. TON Society jamiyatining soʻnggi voqealari, yutuqlari va yangi markazlaridan xabardor boʻlish uchun 2024-yil 18-yanvar, CET bo'yicha soat 14:00 da bo'lib o'tadigan sessiyaga qoʻshiling. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

RedStone Oracles tarmoqning DeFi infratuzilmasini yaxshilash uchun TON blokcheyni bilan hamkorlik qildi. Batafsil bu yerda ma'lumot berilgan.

Obuna bo'ling va TON ekotizimidagi yangiliklardan birinchilardan bo'lib xabar toping.
20.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2024-01-15 18:00:09RedStone Oracles TON'da DeFi'ni yuksaltiradi

Taniqli orakul xizmat ko'rsatuvchi provayderi bo'lgan RedStone tarmoq DeFi infratuzilmasini yaxshilash uchun TON blokcheyni bilan hamkorlik qildi. RedStone turli xil ma'lumotlarni, jumladan, token narxlari tasmasi, aktsiya bahosi va maxsus tasmalarni taklif qilish orqali ilg'or DeFi protokollarini ishlab chiqishga hissa qo'shadi.

TON asosida real dunyo ma'lumotlarini integratsiyalash
RedStone xizmatining orakul xizmatlari zamonaviy va aniq tashqi ma'lumotlarga bog'liq bo'lgan TON DeFi ilovalari uchun juda muhimdir. RedStone ko'magida TON barcha foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq va samarali moliyaviy dasturlarni taqdim etadi.

TON uchun maxsus yechimlar
TON ekotizimining noyob infratuzilmasi, maʼlumotlar tuzilmalari va FunC dasturlash tilini tan olgan RedStone TON ekotizimiga moslashtirilgan maxsus yechimlarni ishlab chiqmoqda. Ushbu yutuqlar TON'ni DeFi ilovalarini yaratadigan Web3 ishlab chiquvchilari uchun yanada jozibali platformaga aylantirishga yo'l ochadi. Texnik tafsilotlarni bu yerdan olishingiz mumkin.

RedStone bilan ushbu hamkorlik natijasida TON'ning DeFi segmenti blokcheyn texnologiyasi va real dunyo maʼlumotlari oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etib, yanada qulayroq va ilgʻor boʻlish uchun oldinga muhim qadam tashlanadi.

Ushbu integratsiya haqida batafsil ma'lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
19.2K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-01-15 13:30:00TON Society ochiq suhbat

TON Society sizni ochiq suhbatga taklif qiladi. Bu TON Society jamiyatidagi so'nggi voqealardan xabardor bo'lish imkoniyatidir. Ushbu sessiyada siz bo'lajak tadbirlar, jamiyat faoliyati, muhim yutuqlar va yangi markazlarni joriy etish haqida to'g'ridan-to'g'ri markaz rahbarlari tomonidan ko'proq ma'lumot olasiz.

Mehmonlar:
Ekin Tuna, TON Society global rahbari
Eugene Anisei, TON Society Yevropa bo'yicha yetakchisi
Lyusi Kang, TON Koreya yetakchisi
Omur Catalpete, TON Turkiya yetakchisi
Ankit Jaisval, TON India DevRel rahbari
Xovard Peng, TON DevRel Osiyo
Sofiya Ruskoni, TON tezlashtirish dasturi rahbari

Toncoin yutib oling
Quyidagi oddiy amallarni bajarib, 100 Toncoin mukofot jamg‘armasini baham ko‘rish uchun 10 ta baxtli g‘oliblardan biri bo‘ling:
X tarmog'ida TON Society sahifasiga obuna bo'ling.
Savollaringizni shu yerda sharhlar bo'limiga qoldiring.
X Space'ga qo'shiling.

Kalendarlaringizni belgilang
2024-yil 18-yanvar, CET vaqti bilan soat 14:00 uchun eslatma o‘rnating va ushbu mazmunli sessiyaga qo‘shiling.
21.4K views10:30
Ochish/sharhlash