Get Mystery Box with random crypto!

TREYDERLAR VA BO'LAJAK TREYDERLAR SHU YERDAMISIZLAR? Bugun s | Usman Investment Trading Company

TREYDERLAR VA BO'LAJAK TREYDERLAR SHU YERDAMISIZLAR?

Bugun sizlar bilan ,,Take Profit" va ,,Take order "  ,, Stop-loss" haqida gaplashamiz

Treyderlar deyarli har doim «stop order» dan foydalanib savdo
qilishadi. Bitimlarni ochish va yopish uchun «stop order» ni ishlatish
mumkin.

«Stop Loss» va «Take Profit» — bitimlarni yopadigan ikkita
muhim algoritmdir.

«Stop Loss» — yo‘qotishlarni kamaytirish uchun xizmat qiladi:

U avtomatik tarzda treyder uchun noqulay sharoitda, aktiv ma'lum bir
kursga yetganida bitimni yopib beradi; Kurs noto‘g‘ri yo‘nalishda keskin sakraganida oqilona himoyalaydi.

O‘z navbatida, «Take Profit» foydani ma'lum darajada belgilab
beradi.

«Take Profit» – bu oldindan belgilab olingan miqdordagi
foydani olgandan so‘ng, ma'lum bir narxga kelganda, bitimni
avtomatik ravishda yopish to‘g‘risidagi platformaga beriladigan buyruqdir

Bunday buyruqlar yordamida treyder foyda va zararni oldindan 
chegaralab, yanada barqaror natijalarga erishadi.

«Stop order» lar bilan ishlash, pulni samarali boshqarishning asosiy tamoyili deb  hisoblash mumkin. Ular treyderga har soatda o‘z bitimlarini
tekshirmasdan ham kutilgan natijaga erishish imkonini beradi.

Biz sizdan bilimlarni ayamaymiz, Siz esa ,,Olovcha" larni  ayamang