Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 529.64K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-17 19:18:06
Bugun Osiyodagi 2 ta katta turnirni g’alaba bilan boshladik.

Futzal bo’yicha Osiyo kubogida milliy terma jamoamiz Avstraliyani 3:2 hisobida mag’lub etdi. Jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov dubl qayd etdi, ilk golni esa Akbar Usmonov urdi.

Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogida esa yigitlarimiz Malayziya ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozonishdi. Gollarni jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov hamda Ulug’bek Hoshimov urdi.

Barchaga g’alabalar muborak!


@xushnudbek
25.8K views16:18
Ochish/sharhlash
2024-04-17 16:23:31
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha maktab direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Hukmga ko‘ra, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Maktab direktoriga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. U ham 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlay olmaydi.

Ma’lumot uchun, holat 27-noyabr kunida sodir bo‘lgan.


@xushnudbek
81.1K views13:23
Ochish/sharhlash
2024-04-17 15:18:45
Agar o'zingizni bilimli yoshlar safida ko'rayotgan bo'lsangiz, bu Olimpiada aynan siz uchun

Japan Digital University maktablarning 11-sinf va akademik litsey 2-kurs o'quvchilari uchun keng ko'lamdagi Respublika matematika olimpiadasiga start bermoqda.

Sovrinlar:
- Umumiy qiymati 15 mlrd so'mlik Japan Digital University ta'lim vaucherlari
- Yaponiyaga sayohat
- Maxsus stipendiyalar
- 8 ta noutbuk
- 10 ta Kindle qurilmasi.

Billimlaringiz orqali sovrinlarni qo'lga kiriting!

Ro'yxatdan o'tish muddati – 19-aprelgacha.

Sayt orqali ro'yxatdan o'tish

Bot orqali ro'yxatdan o'tish

Ta'lim reklamasi
95.0K views12:18
Ochish/sharhlash
2024-04-17 10:27:18
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Koreya Respublikasining Chunchongbuk-do provinsiyasi gubernatori Kim Yong Xvan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Koreya tomoni Chunchongbuk-do provinsiyasida o‘zbekistonlik talabalarni grant asosida o‘qitish, ularni o‘qish davrida turar joy va qo‘shimcha ish bilan ta’minlash dasturini joriy etish taklifini bergan.

Jumladan, Jungwon universiteti rektori Hvang Yun Von birgina ushbu oliygohning barcha sharoitlarga ega talabalar turar joyida 2000 ta bo‘sh o‘rin borligi va o‘zbekistonlik talabalar hamda doktorantlarni qabul qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

Mazkur dasturda ishtirok etish uchun talaba va doktorantlar ingliz yoki koreys tillarini bilishi, akademik o‘zlashtirishi va xulqi qoniqarli bo‘lishi talab etiladi.


@xushnudbek
116.8K views07:27
Ochish/sharhlash
2024-04-17 08:31:20
Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

U o’zining ish yurituviga berilgan jinoyat ishi doirasida bir shaxsga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llamaslik evaziga undan 5 ming dollar talab qilgan.

Tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo’llanilgan.


@xushnudbek
122.4K views05:31
Ochish/sharhlash
2024-04-17 08:01:33
Yangilikni kutib oling — Pepsi Zero Sugar!

Pepsi Zero Sugar — yanada yaxshirog‘ini xohlaydigan va betakror lazzatni his etmoqchi bo‘lganlar uchun zo‘r tanlov. O‘zingizni aslo qiynamang, hayotning har bir lahzasidan rohatlanib yashang.

Shakarsiz zo‘r ta’m!

Yangi mahsulotimizni bugunoq tatib ko‘ring va taassurotlaringizni do‘stlaringizga ham ayting!

Reklama
121.1K views05:01
Ochish/sharhlash
2024-04-16 16:40:21 1-maydan "svet"-gaz uchun yangi tariflar joriy qilinadi va ijtimoiy norma joriy etiladi

Hukumat 2 yildan buyon "ana bo'ladi, mana bo'ladi", deya kutilayotgan qarorni nihoyat qabul qilibdi. Energetika sohasidagi narx siyosatini isloh qilish haqida avval ham ko'p gapirilgan, lekin turli sabablarga ko'ra, orqaga surilib kelinayotgandi.

Endi qarorga ko'ra, joriy yilning 1-mayidan ijtimoiy norma joriy etiladi. To'g'ri, qarorda aynan "ijtimoiy norma" degan jumla ishlatilmagan, o'rniga “bazaviy me’yor mexanizmi" deyilgan. Lekin mazmuni bir xil.

Ijtimoiy norma nima degani?

Ijtimoiy norma - bu aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Ya’ni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi, yetmagani davlat byudjetidan subsidiya qilinadi.

Bunda tariflar bir nechta kategoriyaga bo'lingan va qancha ishlatilganiga qarab, narxlar ham o'zgaradi. Kim ko’p ishlatsa, shuncha ko’p to’laydi, kam ishlatganga imtiyozli narx beriladi.

Elektr energiyasida kategoriyalar va narxlar quyidagicha:

oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan.

Gazda kategoriyalar va narxlar quyidagicha:

Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, qishki mavsumda (noyabr-fevral oylari) davomida bir oydagi iste’moldan kelib chiqib tegishli narx belgilanmoqda:

oyiga 500 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.

Mart – oktyabr oylarida iste’molchilar bir oydagi iste’molidan kelib chiqqan holda quyidagicha haq to‘laydi:

oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 so‘mdan.

Ehtiyojmand aholiga qanday yordam beriladi?

Ehtiyojmand aholini qo‘llab–quvvatlash maqsadida davlat byudjetidan 1 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga quyidagi 2 ta yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan:

1) isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida moddiy yordam beriladi;

2) ijtimoiy normadan quyidagi miqdorgacha oshiqcha ishlatilgan "svet" va gaz to’lovi davlat byudjetidan kompensatsiya qilinadi:

tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgacha.


@xushnudbek
346.1K views13:40
Ochish/sharhlash
2024-04-16 15:11:10
Joriy yilning 18-19-may kunlari Samarqand shahrida triatlon bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Toshkent amaliy fanlar universiteti ham ushbu musobaqaning o‘tkazilishida va unga tayyorgarlik ko‘rishda O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga yaqindan yordam bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, triatlon — bu 1.5 km suzish, 40 km velosiped haydash va 10 km yugurishni o‘z ichiga olgan ko‘p qirrali sport turidir.

Litsenziya (№ 029914, 14.06.2022-y.)

Telegram | Instagram | Veb-sayt
Reklama
162.0K views12:11
Ochish/sharhlash
2024-04-16 10:26:11
Hademay 37 million bo’lamiz, Xudo xohlasa.


@xushnudbek
205.2K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2024-04-15 17:29:28
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanishiga 2 kun qoldi

Tailandda bo’lib o’tadigan musobaqada O’zbekiston futzal milliy terma jamoasi “B” guruhda to’p suradi.

1-tur
O‘zbekiston –
Avstraliya
17-aprel | 14:00

2-tur
Iroq – O‘zbekiston
19-aprel | 19:00

3-tur
O‘zbekiston –
Saudiya Arabistoni
21-aprel | 19:00

Yigitlarimizga omad tilaymiz!


@xushnudbek
189.5K views14:29
Ochish/sharhlash