Get Mystery Box with random crypto!

Bitcoinjon

Kanal manzili: @bitcoinjon
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.11K
Kanalning ta’rifi

Bitkoin va kriptovalyutalar haqida shaxsiy blog. Top airdroplar bilan ham ulashib turaman.
*Har qanday sarmoya tavakkalga asoslangan, oxirgi pulingizni yoki barcha pulingizni birdan sarmoya qilmang. O'zingiz tadqiqot qiling. DYOR

Ratings & Reviews

4.50

0 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-06-30 07:00:28
Kechagi kunning muhim yangiliklari:

1. Kecha Mr.100 laqabli noma'lum investor 810 BTC sotib olgan. U oxirgi 5 kunda 1956 BTC sotib olgan. Mr.100 fevral oyidan beri eng kamida 100 BTC sotib olyapti va u hozirda 68 346 BTC'ga egalik qilib 11-eng yirik holder hisoblanadi.

2. AQSh sudyasi Binancega qarshi SEC ishining bir qismini rad etdi, bu ikkilamchi bozor kriptovalyutasini sotish uchun katta yutuq. Nativ Blokcheyn (ETH, BNB, SOL, TON v.b) tokenlari raqamli aktivlardir va endi Qo'shma Shtatlarda qimmatli qog'ozlar emas.

3. ARK 21Shares ham AQShda rasmiy ravishda Solana Spot ETF uchun ariza topshirdi.

4. X (Twitter) kripto-donishmandlar fikriga koʻra spot ETH ETF 8-iyul kuni tasdiqlanishi mumkin.

5. Maykl Dell oʻziga tegishli 1,3 milliard dollarlik 10 million dona DELL aksiyalarini sotish uchun ariza berdi. Avvalroq u Bitkoinga qiziqishi borligini bildirib oʻtgandi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.4K views04:00
Ochish/sharhlash
2024-06-29 22:27:45
Hammaga xayrli tun!

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.8K views19:27
Ochish/sharhlash
2024-06-29 15:35:19
#aqlkakatime

Uorren Baffet iqtiboslari:

"Yomon odam bilan yaxshi kelishuvga erishib bo'lmaydi".

"Kompaniya aksiyalarini narxi ko'tarilishini xohlab emas, unga egalik qilishni xohlab sotib oling".

"Agar siz juda iste'dodli bo'lsangiz va ko'p kuch sarflasangiz ham, ba'zi natijalarga vaqt kerak bo'ladi: hatto to'qqizta ayolni homilador qilsangiz ham, bir oy ichida farzand ko'rolmaysiz".

"Agar siz keraksiz narsani sotib olaversangiz, tez orada zarur narsangizni sotishni boshlaysiz".


"Uoll-strit bu Rolls-Royce'da kelgan odamlar metroda kelganlarning maslahatlarini tinglaydigan yer yuzidagi yagona joy".

"Insonda uchta xususiyatni qidiring: aql, energiya va halollik. Agar uning oxirgi xislati bo‘lmasa, qolgan ikkitasiga qiziqib ham oʻtirmang".

"Eng muvaffaqiyatli odamlar o'zlari sevgan ish bilan shug'ullanadiganlardir".

“Halollik juda qimmatli fazilatdir. Buni arzon odamlardan kutmaslik kerak”.

Sizga qaysi biri yoqdi?

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.4K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash
2024-06-29 08:30:49
Blumda Tasklarni bajarib pointlarni choʻntakka joylab qoʻyamiz.

777 lik Taskni bajarish uchun 1 kun vaqt kerak boʻladi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
4.0K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-06-29 07:01:22
Kecha AQSh BTC ETF savdolarida ijobiy natija qayd etilgan.

μ
Oʻrtachasi: $124,1 mln;

+
Maksimum: $1045 mln;

-
Minimum: $563,7 mln (manfiy);

28-iyun: $73 mln kirgan.

5 kunlik tanaffusdan keyin BlackRockda yirik kirim qayd etilgan.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
4.0K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2024-06-28 18:00:29
Ushbu sayt ma’lumotiga koʻra Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtgan chet el top kirpto-birjalari roʻyxati:

1. Binance

2. Bybit

3. Upbit

Ya’ni siz Qozogʻistonda ushbu kripto-birjalardan foydalansangiz qamalmaysiz.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
4.5K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-06-28 16:45:11
Qozog'iston Pavel Durov tashrifidan so'ng TON savdosini ma'qulladi.

Pavel Durovning Qozog‘istondagi Ostona xalqaro moliya markaziga (AIFC) tashrifidan so‘ng markaz TON kriptovalyutasini tasdiqladi.

Endi TON tanga OXMM (Ostona Xalqaro Moliya Markazi)da ro‘yxatdan o‘tgan kriptovalyuta birjalarida sotilishi mumkin.

Shunaqa dangal va rasmiy xabarlarni yoqtiraman quruq fotosessiyalarni emas.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.5K views13:45
Ochish/sharhlash
2024-06-28 11:30:34
Kechagi kunning muhim yangiliklari:

1. Coinbase FOIA so'rovlari bo'yicha SEC va FDIC ni sudga berdi, ular federal regulyatorlarni kriptovalyutalarni istisno qilishga urinishda ayblashmoqda.

2. VanEck AQShda rasmiy ravishda Solana Spot ETF uchun ariza topshirdi. SOL ushbu yangilikdan keyin 8% oʻsdi. Mutaxassislar fikriga koʻra jarayon 2025 yilgacha davom etadi.

3. Boliviya Bitkoin va kriptovalyutalarda to'lov taqiqlarini bekor qilib, ularni moliya tashkilotlari uchun rasman qonuniy qildi.

4. BlackRock soʻnggi SEC arizasida oʻzining Global Taqsimlash Jamg'armasi uchun iShares Bitcoin ETF ning 43 000 aksiyasini sotib olganini e'lon qildi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.7K views08:30
Ochish/sharhlash
2024-06-28 07:08:53
Kecha AQSh BTC ETF savdolarida ijobiy natija qayd etilgan.

μ
Oʻrtachasi: $124,6 mln;

+
Maksimum: $1045 mln;

-
Minimum: $563,7 mln (manfiy);

27-iyun: $11,8 mln kirgan.

Grayscaledan boshqa fondlarda chiqim boʻlmagan.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.9K views04:08
Ochish/sharhlash
2024-06-27 22:19:40
Aksiya treyderlari VS kripto-treyderlar.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
4.2K views19:19
Ochish/sharhlash