Get Mystery Box with random crypto!

Bitcoinjon

Kanal manzili: @bitcoinjon
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.87K
Kanalning ta’rifi

Bitkoin va kriptovalyutalar haqida shaxsiy blog. Top airdroplar bilan ham ulashib turaman.
*Har qanday sarmoya tavakkalga asoslangan, oxirgi pulingizni yoki barcha pulingizni birdan sarmoya qilmang. O'zingiz tadqiqot qiling. DYOR

Ratings & Reviews

4.50

0 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-06-26 11:49:53
PocketFi da Switch tokeni mayning tezligini oshirish bo'yicha video qo'llanma.

Video ba'zi obunachilar soʻragani uchun tayyorlandi va bu aslo moliyaviy maslahat emas. O'zingiz mustaqil o'rganib chiqib qaror qiling. DYOR

PocketFi jamoamiz dunyo reytingida 22-oʻrinda a'zo boʻling:

https://t.me/pocketfi_bot/Mining?startapp=ref-48184826-alliance-bitcoinjon
4.6K viewsedited  08:49
Ochish/sharhlash
2024-06-26 09:00:50
Kechagi kunning muhim va bullish yangiliklari:

1.
Braziliyaning Uorren Baffetga tegishli Nubank banki Bitcoin Lightning to'lovlarini integratsiyalashtiradi! Nubank Lotin Amerikasida 100 million mijozga ega.

2. Kongressmen Mett Gaetz AQSh federal daromad solig'ini Bitkoin yordamida to'lashga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ilgari surmoqda.

3. Morgan Stanley avgust oyi oxirigacha barcha mijozlar uchun aktivlarni boshqarish platformasida Bitkoin ETF'larini tasdiqlaydi.

4. AQSh Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) raisi Gari Gensler spot Ethereum ETF'ni tasdiqlash jarayoni silliq ketayotganini aytdi.

5. 24 iyun kungi Mt.Gox vahimasida noma'lum investor narx tushishidan foydalanib o'rtacha $59 263 narxda 15 793 BTC ($936 mln) sotib oldi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.7K views06:00
Ochish/sharhlash
2024-06-26 07:03:11
AQSh BTC ETF savdolarida ketma-ket 7 kunlik salbiy natijadan keyin kecha ijobiy natija qayd etilgan.

μ
O'rtachasi: $126,5 mln;

+
Maksimum: $1045 mln;

-
Minimum: $563,7 mln;

25-iyun: $31 mln kirgan.

Asosiy kirim Fidelity va Bitwiseda qayd etilgan.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
3.8K views04:03
Ochish/sharhlash
2024-06-25 19:04:21
HOTCOIN dagi qishloqchamizda anchagina $HOT yig'ilib qolibdi.

Shuni yaqinda eng aktiv yig'ayotganlarga tarqataman.

Qishloqchamizga a'zo bo'lib o'z vaqtida Claim bosib turishni unutmang:

https://t.me/herewalletbot/app?startapp=302031-village-149283
4.7K views16:04
Ochish/sharhlash
2024-06-25 15:29:07
Notcoin jamoasi tomonidan 210 mln $NOT ($3 mln) yoqildi.

Jami:

— 94,18% tokenlar 11,5 million kishi, shu jumladan treyderlar, maynerlar, steykerlar va boshqalar qo'lida.

— 5,82% keyingi rivojlanish yillari uchun jamoada saqlanadi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
5.3K viewsedited  12:29
Ochish/sharhlash
2024-06-25 11:31:04
Bitkoinjon McDonald's patternini hosil qilibdi.

I'm lovin' it.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
5.0K viewsedited  08:31
Ochish/sharhlash
2024-06-25 08:15:03
Mt.Goxning tarqatiladigan 142 000 BTC haqida ijobiy fikrlar:

Yaponiya qonunchiligiga ko'ra, Mt.Gox kreditorlari Bitkoinning 2014 yildagi $483 narxiga teng qiymatda oladi deyapti.

142000 * $483= $68,6 mln buni yanada yaxlitlasak $69 mln bo'ladi. Bu degani kreditorlar hozirgi narx bo'yicha atigi 1124 BTC oladi degani va buning sotilishi bozorga deyarli ta'sir qilmaydi.

Xo'p agar ushbu fikr to'g'ri bo'lib chiqsa qolgan 140 875 BTC kimga o'tadi? Yaponiya hukumatigami? Agar shunday bo'lsa zo'r bo'lardi chunki yapon hukumati ahmoqona qaror qabul qilib barchasini sotmay kelajak uchun saqlab qo'yishiga ishonaman.

Ha bu shunchaki fikrlar lekin shuni bilingki Mt.Gox vahimasi Bitkoinning $100, $18000 narxlarida ham bo'lgan hozir esa BTC $61000 narxda. Hammasi keyingi haftada aniq-ravshan bo'ladi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
5.1K viewsedited  05:15
Ochish/sharhlash
2024-06-25 07:12:35
AQSh BTC ETF savdolarida ketma-ket 7 kun salbiy natija qayd etilmoqda.

μ
O'rtachasi: $127,3 mln;

+
Maksimum: $1045 mln;

-
Minimum: $563,7 mln;

24-iyun: $174,5 mln chiqqan.

Kechagi Mt. Gox vahimasida BlackRock investorlaridan tashqari deyarli barcha ETF fondlarda talvasali sotuv bo'lgan.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
4.7K views04:12
Ochish/sharhlash
2024-06-24 18:09:58
Bitkoin maynerlar joriy oyda 2 milliard dollarlik 30 000 BTC'ni pullab tarixdagi eng yirik sotuvni amalga oshirishdi.

Yirik sotuv maynerlar zahiralarini 14 yil ichidagi eng past darajaga tushirdi.

Ushbu sotuv Bitkoin halvingidan keyingi daromadlar kamayishi bilan bog'liq.

Shuningdek ba'zi tahlilchilarning fikricha, maynerlarning kapitulyatsiyasi nihoyasiga yetish arafasida, bu esa yaqin kelajakda Bitkoinning to'siqlarsiz o'sish potensialini oshiradi.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
5.0K viewsedited  15:09
Ochish/sharhlash
2024-06-24 14:29:51
Bitkoin 61 000 dollardan pastga tushdi!

Bunga sabab sobiq kripto-birja Mt. Gox 2014 yilgi xakerlik hujumi qurbonlariga 142 000 BTC'ni iyul oyida tarqatishini e'lon qilishi sabab bo'ldi.

To'lovlar Bitcoin va Bitcoin Cashda amalga oshiriladi va ikkala bozorda ham sotish bosimini oshirishi mumkin. Shuningdek to'lovlar iyul oyining birinchi haftasidan boshlanishi aytilgan ya'ni kelasi dushanbadan.

Kanal | Chat | Mehr fondi | Degenbot
5.1K viewsedited  11:29
Ochish/sharhlash