Get Mystery Box with random crypto!

​TON asosidagi virtual raqamlar. The Open Network, Telegram v | CRYPTON

TON asosidagi virtual raqamlar.

The Open Network, Telegram va butun markazlashtirilmagan dunyo uchun muhim voqea: messenjer jamoasi TON blokcheynida NFT sifatida joylashtirilgan +888 prefiksi bilan virtual raqamlarni sotishni boshladi.

Bu raqamlardan qo‘ng‘iroqlar yoki uchinchi tomon xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanib bo’lmaydi, lekin ulardan Telegram’da anonim akkauntlar yaratish uchun foydalanish mumkin.

Endi foydalanuvchilar messenjerda TON blokcheyni orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin, bu esa ularning mutlaq maxfiylik va xavfsizligini ta'minlaydi.

Xarid qilingan raqamlar oddiy TON hamyonida saqlanishi, boshqa foydalanuvchilarga o'tkazilishi va boshqa TON NFT marketpleyslarida sotilishi mumkin.

Raqamlar Fragment platformasida sotiladi.

Agar siz virtual raqam sotib olmoqchi bo'lsangiz, “Русский TON” jamoasi tomonidan tayyorlangan ko'rsatmalarning o’zbek tilidagi tarjimasidan foydalanishni tavsiya etamiz:

https://telegra.ph/Telegramdagi-maxfiy-raqamlar-12-08