Get Mystery Box with random crypto!

CRYPTON

Telegram kanalining logotibi crypton_pool — CRYPTON C
Telegram kanalining logotibi crypton_pool — CRYPTON
Kanal manzili: @crypton_pool
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5
Kanalning ta’rifi

😎 Ilmiy-ommabop kripto blog.
Telegram
WEB 3.0
Blockchain
Crypto
NFT

Blogda berib boriladigan ma’lumotlar moliyaviy maslahat hisoblanmaydi‼️
DYOR (Do Your Own Research)
Murojaat uchun: @crypton_call

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar

2023-01-16 22:13:38 #ilmiy
Binance egalik qiluvchi loyihalar:

Binance Labs — tadbirkorlar, loyihalar va jamoalarga BNB Chain yordamida blokcheyn startaplarini rivojlantirishda yordam berishga qaratilgan biznes inkubator. Ayni paytda Binance Labs portfelida 120 dan ortiq loyihalar mavjud.
Binance Academy — raqamli aktivlar savdosi, blokcheyn texnologiyalari, loyihalar va kompaniyalar haqida ta’lim beruvchi maqolalar va videolar bazasiga ega ta’lim portali.
Binance Charity Foundation — notijorat xayriya tashkiloti bo'lib, qashshoqlikka qarshi kurashda bir qator xayriya dasturlarini amalga oshiradi.
Binance Launchpad — eksklyuziv token sotish platformasi. Binance Launchpad’da ishga tushirilgan yirik loyihalarga Axie Infinity, The Sandbox va Celer Network kabi loyihalar kiradi.
Binance Research — kriptovalyuta bozorini o'rganish va tahlil qilish bo'limi bo'lib, u tadqiqotlar olib boradi va professional ma'lumotlarni taqdim etadi.
Binance NFT — barcha turdagi raqamli san'at va to’plamlar savdosi amalga oshadigan bozor hisoblanadi.
Binance Card — Visa tizimining kriptovalyuta debet kartasi.
Binance Pay — kriptovalyutani transchegaraviy o'tkazish xizmati.
CoinMarketCap — eng ko'p tashrif buyuriladigan raqamli aktivlar savdosi haqidagi ma'lumotlarni yig'uvchi platforma.
Trust Wallet — ko'p sonli raqamli aktivlarni qo'llab-quvvatlovchi kriptovalyuta sovuq hamyoni.
WazirX — Hindistondagi eng yirik kripto birja.

CRYPTON — Do Your Own Research
1 viewedited  19:13
Ochish/sharhlash
2023-01-06 10:42:03
Binance steyblkoini $BUSD kapitallashuvi

2022 yil 12 noyabrdan boshlab -

6,74 milliard dollarga kamaydi

- 2022 yil 12 noyabr = 23,98 mlrd

- 2023 yil 05 yanvar = 16,64 mlrd

CRYPTON — Do Your Own Research
1 view07:42
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:13:36
BlackRock o'zining Global Allocation fondiga $BTC qo'shdi

Sarmoya giganti bo’lgan BlackRock o'zining Global taqsimlash fondi aktivlari ro'yxatiga $BTC qo'shdi.

CRYPTON — Do Your Own Research
2 views14:13
Ochish/sharhlash
2022-12-23 13:56:27TON asosidagi virtual raqamlar.

The Open Network, Telegram va butun markazlashtirilmagan dunyo uchun muhim voqea: messenjer jamoasi TON blokcheynida NFT sifatida joylashtirilgan +888 prefiksi bilan virtual raqamlarni sotishni boshladi.

Bu raqamlardan qo‘ng‘iroqlar yoki uchinchi tomon xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanib bo’lmaydi, lekin ulardan Telegram’da anonim akkauntlar yaratish uchun foydalanish mumkin.

Endi foydalanuvchilar messenjerda TON blokcheyni orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin, bu esa ularning mutlaq maxfiylik va xavfsizligini ta'minlaydi.

Xarid qilingan raqamlar oddiy TON hamyonida saqlanishi, boshqa foydalanuvchilarga o'tkazilishi va boshqa TON NFT marketpleyslarida sotilishi mumkin.

Raqamlar Fragment platformasida sotiladi.

Agar siz virtual raqam sotib olmoqchi bo'lsangiz, “Русский TON” jamoasi tomonidan tayyorlangan ko'rsatmalarning o’zbek tilidagi tarjimasidan foydalanishni tavsiya etamiz:

https://telegra.ph/Telegramdagi-maxfiy-raqamlar-12-08
2 views10:56
Ochish/sharhlash
2022-12-15 17:52:26 #cryptonews

CZ: ($500 millionlik Twitter sarmoyasi bilan bog'liq)

Binance daromadga ega. Biz bu daromadlarni aqlsiz reklama kampaniyalariga sarflamaymiz. Binance hech qachon mijoz mablag'laridan foydalanmaydi.

CRYPTON — Do Your Own Research
5 views14:52
Ochish/sharhlash
2022-12-13 03:18:24
#cryptonews

Sem Bankmen-Frid Bagama orollarida hibsga olindi

Bagama politsiyasi AQSh hukumati talabiga binoan FTX asoschisi Sem Bankmen-Fridni hibsga oldi.

Bagama orollari bosh prokurorining aytishicha, AQSh Semning ekstraditsiyasini talab qilishi mumkin.

Sizningcha SBF’ni nimalar kutmoqda?

CRYPTON — Do Your Own Research
6 viewsedited  00:18
Ochish/sharhlash
2022-12-01 11:54:07
#cryptonews

Yaqinda uchta BTC milliarderlari sirli ravishda vafot etdi:

- Vyacheslav Taran (havo halokati)
- Tiantian Kullander (uyqusida vafot etdi)
- Nikolay Mushegyan (cho'kib ketgan)

O‘limidan bir necha kun oldin Mushegyan AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Mossad uning ortidan yurganini yozgan edi.

CRYPTON — Do Your Own Research
7 views08:54
Ochish/sharhlash
2022-12-01 11:18:02 ​Pavel Durov FTX birjasining qulashi, markazsizlashtirish va blokcheyn texnologiyalarini ommaviy qabul qilish haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, Fragment kim oshdi savdo saytining muvaffaqiyati haqida gapirdi va TON blokcheynini eslatib o‘tdi.

Pavelning ta'kidlashicha, kelajakda Telegram markazlashtirilmagan birjalar, hamyonlar va boshqa Web 3 vositalarini yaratish niyatida va Fragment shu haftada "username"lar kim oshdi savdosi doirasidan tashqariga chiqadi.

Uning postining tarjimasi quyida berilgan:

“Blokcheyn sanoati markazlashtirmaslik va’dasi asosida qurilgan, lekin sanoat o‘z vakolatlarini suiiste’mol qila boshlagan bir necha kishilar qo‘lida to‘planib qoldi. Natijada, eng yirik birjalardan biri bo'lgan FTX bankrot bo'lganida ko'plab foydalanuvchilar mablag'larini yo'qotishdi.

Yechim aniq: blokcheynga asoslangan loyihalar o'z ildizlariga —markazlashtirmaslikka qaytishi kerak. Kriptovalyuta foydalanuvchilari uchinchi shaxslarga bog'liq bo'lmagan o'tkazmalar va web3 hamyonlariga o'tishlari kerak.

Dasturchilar sifatida biz ommaviy auditoriya uchun tez va foydalanish uchun qulay markazlashtirilmagan ilovalarni yaratish orqali blokcheyn sanoatini markazlashtirishdan uzoqlashtirishimiz kerak. Bugungi kunda bunday loyihalar va nihoyat amalga oshirilishi mumkin.

To'liq markazlashtirilmagan kim oshdi savdo platformasi bo'lgan Fragment'ni yaratish uchun bor-yo'g'i 5 hafta va men bilan birga 5 kishi kerak bo'ldi. Biz buni amalga oshira oldik, Fragment The Open Network yoki TON blokcheyni asosidagi platforma, chumki u ommabop ilovalarni joylashtirish uchun yetarlicha tez va samaralidir (soʻnggi yangilanishlardan keyin ham afsuski, eskirgan va qimmat boʻlib qolgan Ethereum tarmog'idan farqli oʻlaroq).

Fragment ajoyib muvaffaqiyatga erishdi, bir oydan kamroq vaqt ichida saytda 50 million dollarlik foydalanuvchi nomlari sotildi. Fragment bu hafta foydalanuvchi nomlarining savdosi doirasidan tashqariga chiqadi.

Telegramning navbatdagi qadami millionlab odamlar kriptovalyutalarni xavfsiz savdo qilishlari va saqlashlari uchun hamyonlar va markazlashmagan birjalar kabi markazlashtirilmagan vositalar to‘plamini yaratish bo‘ladi. Shu tariqa, biz yuz minglab kriptovalyuta foydalanuvchilarini tushkunlikka tushishiga sabab bo'lgan, haddan tashqari markazlashtirish natijasida yuzaga kelgan xatolarni tuzatishimiz mumkin.

Samarasiz markazlashtirishni oqlaydigan vaqt allaqachon o'tib ketdi. TON kabi texnologiyalar o‘z imkoniyatini ro‘yobga chiqargan holda, blokcheyn sanoati nihoyat odamlarga kuch-quvvatni qaytarish yo'lida o‘zining asosiy vazifasini bajara oladi”.
7 views08:18
Ochish/sharhlash
2022-11-19 09:07:01 #kriptotil

Blockchain (blokcheyn) — ketma-ket bloklar zanjiridan iborat ommaviy ma'lumotlar saqlash bazasi. Bir ma’lumot bir vaqtning o’zida million nusxada va million blokda saqlanadi. U ma’lumotni uchinchi shaxslar o’zgartira olmaydi, o’qiy olmaydi va o’chira olmaydi. Temir daftar ya’ni

Whitelist (oq ro'yxat) — turli kripto tadbirlarda qatnashish huquqiga ega bo'lgan ishtirokchilar ro'yxati: testnet, NFT savdosi, IDO, IEO va boshqa tadbirlar. Whitelist’ga ega foydalanuvchilar tadbirlarda birinchilardan bo’lib qatnashadilar. Tanlanganlar ro’yxati ya’ni

Whale (kit) — bozorda katta miqdordagi tangalarga ega asosiy o'yinchi. Bozordagi “kotta bola” ya’ni

DYOR (Do Your Own Research) — kriptoda har qanday “soqqali” ish qilishdan oldin bu ish haqida o’zing yaxshilab o’qib-o’rganib chiq degani. Vallomatigayam ishonma ya’ni

CRYPTON — Do Your Own Research
7 views06:07
Ochish/sharhlash
2022-11-18 09:06:01 #kriptotil

Listing (listing) – tangalarning birjalarga ro'yxatga olinishi.

Metaverse (meta olam) – virtual makon bo'lib, unda odamlar virtual texnologiyalaridan foydalangan holda bir-biri bilan raqamli vositalar orqali o'zaro munosabtda bo'lishlari mumkin.

Mining (mayning) — maxsus uskunalar yordamida kriptovalyuta ishlab olish jarayoni.

Miner (mayner) — kriptovalyutani mayning qilish bilan shug'ullanadigan shaxs.

CRYPTON — Do Your Own Research
7 views06:06
Ochish/sharhlash