Get Mystery Box with random crypto!

​“TON”da boshqa tarmoqlardagi “NFT” lardan foydalanishi mumkin | TON Community 🇺🇿

“TON”da boshqa tarmoqlardagi “NFT” lardan foydalanishi mumkin bo'ladi.

Biz muhim voqeani e'lon qilishdan mamnunmiz: yaqin kelajakda TON blokcheyni “XP.NETWORK”, o'zaro zanjirli krosscheyn-ko'prigi, tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. Bu sizga “NFT”ni boshqa mashhur tarmoqlardan TON tarmog'iga ko'chirish va buning teskarisini amalga oshirish imkonini beradi.

Integratsiya yangi imkoniyatlar eshigini ochadi: masalan, siz barcha “NFT”laringizni bitta tarmoq ichida saqlashingiz va ishlatishingiz, shuningdek, ularni qayerdan sotib olinganidan qat'i nazar, eng yirik NFT bozorlarida sotishingiz mumkin bo’ladi.

Shunday qilib, TON tarmog'i hozirda 41 milliard dollardan ortiq baholangan global NFT olamning to'liq a'zosiga aylanadi.

“XP.NETWORK” — o'zgaruvchan tokenlar bozori uchun qulay yechimlarni yaratuvchi jamoa.

Bugungi kunga kelib, ko'prik “Ethereum”, “Polygon”, “BSC Chain”, “Tron”, “Tezos”, “Elrond”, “Algorand” kabi o'ndan ortiq mashhur blokcheynlarni, bir nechta NFT platformalarini qo'llab-quvvatlaydi va ekotizim hamda loyihalarni birlashtirgan holda rivojlanadi.

“XP.NETWORK” bilan hamkorlik meta olam, “GameFi” va boshqa blokcheynlar olamiga eshik ochadi hamda TON NFT bozorining o'sishini ta'minlaydi.