Get Mystery Box with random crypto!

TON Community 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi toncoin_uz — TON Community 🇺🇿
Kanaldagi mavzular:
Gid
Пополнение
About
Exchange
What
Choose
Anonymous
All tags
Telegram kanalining logotibi toncoin_uz — TON Community 🇺🇿
Kanaldagi mavzular:
Gid
Пополнение
About
Exchange
What
Choose
Anonymous
All tags
Kanal manzili: @toncoin_uz
Toifalar: Cryptocurrencies
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.76K
Kanalning ta’rifi

TON - Telegram tomonidan ishlab chiqilgan va ochiq hamjamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanuvchi blokcheyn. TON o‘ta tezkor tranzaksiyalar, kichik komissiyalar va Telegramdan topish mumkin bo’lgan qulay ilovalarni taklif etadi: @wallet @cryptobot. ton.org

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-03-21 17:15:00TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

13-martdan 19-martgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 313 891 tadan 2 347 955 taga (+1,4%) oshdi.

FS Labs venchur studiyasining katta hamkori va VKontakte super ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha sobiq direktori Anton Sivarev TON Foundation Director of Developer Relations lavozimini egalladi.

TON grant qoʻmitasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan loyihalar roʻyxati eʼlon qilindi. 1-qism va 2-qism. Eslatib oʻtamiz, har oy grant arizalarining yangi bosqichlari oʻtkaziladi va TON asosida foydali mahsulotlar yaratuvchi istalgan jamoa ishtirok etishi mumkin. Arizani hozirda Questbook 2.0 orqali qoldirish mumkin.

Whiterabbit jamoasi TON mayning qilish tarixini tahlil qiluvchi yangi maqola e’lon qildi.

TON blokcheyn xalqaro AIBC Awards Eurasia 2023 tanlovida “Yilning eng yaxshi dasturchilar hamjamiyati” mukofotini qo’lga kiritdi.

DoraHacks portali Hack-a-TON x DoraHacks global xakatoni doirasida boʻlib oʻtgan 14 ta jonli tadbirning umumiy sharhini eʼlon qildi.

2+ million foydalanuvchiga ega kastodial bo’lmagan MathWallet hamyoni asosiy TON tarmog'ini qo'llab-quvvatladi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
756 views14:15
Ochish/sharhlash
2023-03-20 11:30:06
Kastodial bo’lmagan MathWallet hamyoni TON asosiy tarmog'ini qo'llab-quvvatladi.

Endi xizmatning 2 milliondan ortiq foydalanuvchilari Toncoin’ni boshqa 70 ta blokcheyn tangalari bilan bir qatorda bitta ilovada saqlashlari mumkin.

MathWallet foydalanuvchilari quyidagi funksiyalardan foydalanishlari mumkin:

— Toncoin’ni saqlash va yuborish.
— Turli markazlashtirilmagan ilovalarga kirishni tasdiqlash.
— TON hamyonlarini yaratish va import qilish.
— Hamyon interfeysida TON tarmog'iga kirish.

TON tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydigan yana bir yirik markazlashtirilmagan xizmatga xush kelibsiz.
2.4K views08:30
Ochish/sharhlash
2023-03-19 13:28:42
Grant dasturi yangiliklari.

TON Grant qoʻmitasi 2023-yilning birinchi choragida keyingi 5 ta loyihani qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi.

Bitok.

Bu kripto-biznes, treyderlar va investorlarga soliq masalalarini hal qilishda yordam beradigan platforma. Siz loyiha hamjamiyatiga qo'shilishingiz mumkin.

OpenMask.

Bu TON uchun Ledger apparat hamyon integratsiyasini qo'llab-quvvatlovchi brauzerga asoslangan hamyon hisoblanadi. Loyiha hamjamiyati.

FairJournal.

Bu markazlashtirilmagan blog platformasi boʻlib, unda mualliflar senzuradan oʻtmagan kontentni joylashtirishlari, oʻquvchilarni TON ekotizimiga jalb qilishlari va xayriyalar va NFT savdolari orqali dastak olishlari mumkin.

Symbiosis.

Bu cheksiz o'zaro zanjirli likvidlikka ega bo'lgan to'liq markazlashtirilmagan va ishlatish uchun qulay o'zaro zanjirli DEX. Loyiha hamjamiyati.

TonCap.

Bu TON asosidagi jetonlar tahlilini ishlab chiqish va muzlatilgan tokenlarni himoya qilishning shaffof usulini ta'minlaydigan turli blokcheyn shartnomalarini ishlab chiqishga qaratilgan jamoa. Loyiha hamjamiyati.

Loyiha ijodkorlarini tabriklaymiz va ilk natijalarni kutamiz!

Sizga shuni eslatib o'tmoqchimizki, siz hozirda Questbook 2.0 tanlovida grant olish uchun ariza topshirishingiz ham mumkin.
5.1K views10:28
Ochish/sharhlash
2023-03-18 11:00:16
Hack-a-TON x DoraHacks jonli uchrashuvlari haqida umumiy ma'lumot.

Dunyodagi eng yirik xakerlik platformasi va The Open Network hamkori DoraHacks 300 000 dollarlik Hack-a-TON x DoraHacks global xakatoni doirasida butun dunyo bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan 14 ta jonli tadbirning umumiy sharhini e’lon qildi.

Ilgari biz ushbu voqealar bo'yicha o'z hisobotlarimizni e’lon qilgan edik (1-qism va 2-qism), ammo agar siz bo'lib o'tgan oflayn tadbirlar haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishni va keyingi xakatonda ishtirok etishni istasangiz, e’lon qilingan material bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
1.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-17 11:00:16
TON blokcheyni “Yilning eng yaxshi dasturchilar hamjamiyati” mukofotini qo’lga kiritdi.

TON loyihasi AIBC Awards Eurasia 2023 tanlovida “Yilning eng yaxshi dasturchilar hamjamiyati” nominatsiyasida g‘olib bo’ldi.

Ushbu mukofot rivojlanish guruhining o'z maqsadlari — TON ekotizimini rivojlantirish uchun mashaqqatli mehnati va fidoyiligidan dalolat beradi, shuningdek, ularning blokcheyn va sun'iy intellekt sanoatiga qo'shgan hissasini ko’rsatadi.

Tabriklaymiz!
3.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-16 11:00:19TON: DeFi Landscape hisobotini yaratishda ishtirok etgan Whiterabbit jamoasi TON mayning tarixini tahlil qiluvchi yangi maqola e’lon qildi.

Mutaxassislar oncheyn tahlil o'tkazdilar va ilk maynerlar, validatorlar va asosiy TON hamjamiyati o'rtasidagi aloqalarni o'rganishdi.

Maqolaning qisqacha mazmuni:

2020-yilning iyul va avgust oylari orasida Toncoin’ning umumiy taʼminotining 96 %i maynerlarga tarqatildi.

Ta'minotning kamida 85,8 %i bir-biriga bog'langan va TON Foundation bilan bog'langan bir nechta mayner guruhlari tomonidan mayning qilingan.

Ushbu maynerlar guruhlarining mablag'lari TON PoS blokcheyn konsensusining 2/3 qismini nazorat qiluvchi tarmoq validatorlari tomonidan qo'llaniladi.

Faol bo’lmagan hamyonlarni muzlatish bo'yicha yaqinda o'tkazilgan ovoz berish jarayoni potensial investorlar va TON builderlariga ko'proq ishonch bag'ishlaydi, ammo ekotizimga uzoq muddatli ishonchni ta'minlash uchun yanada ko'proq ishlarni amalga oshirish kerak.

Maqolaning oxirida TON Foundation ekotizimdagi barcha jarayonlarning mutlaq shaffof bo’lishi zarurligini ta'kidlab, izohi berdi.

Mustaqil tadqiqot guruhlari hamjamiyat manfaati uchun TON’ga qiziqish bildirayotgani va tahlil qilayotganidan mamnunmiz.
5.0K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-15 11:45:00TON grant dasturi: so'nggi oy natijalari.

Qishning so‘nggi 3 oyi va 2022-yil noyabrida TON grant qo‘mitasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan loyihalar ro‘yxatini e’lon qilamiz.

1. TON TLV Meetup.

Ushbu loyihaning maqsadi Isroilning Tel-Aviv shahrida TON tarmog'ida dasturchilar va ishqibozlar hamjamiyatini tajriba va bilim almashish uchun tashkil etishdir.

2. TON Link.

Loyiha odatdagi PoS konsensus mexanikasini amalga oshirishi mumkin bo'lgan ishonchli konsensusni ishlab chiqish uchun grant oldi.

3. TON&Co. Platform.

Bu dasturchilar uchun TON’da markazlashtirilmagan ilovalarni yaratish uchun keng qamrovli platformadir.

4. Tonana.

Bu o'zaro zanjirli kripto birjasi. Grant birja sahifasini qayta ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek, Solana Wallet va Cosmos Wallet’ni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish uchun berilgan.

5. TON Run.

Bu navigatsiya sahifasi va TON ekotizimining xaritasi boʻlib, u orqali foydalanuvchilar TON’da dApps dunyosini qulay tarzda oʻrganishlari mumkin.

6. Rift.

Loyiha TON blokcheyni bilan oʻzaro ishlash uchun qulay interfeys yaratish va dBuilder yordamida ishlab chiqilgan shartnomalarni keyingi sinovdan oʻtkazish doirasida joylashtirish imkonini beruvchi texnologiyani joriy qilish uchun grant oldi.

Grant oluvchilarni tabriklaymiz va TON ekotizimida yangi mahsulotlarni kutib qolamiz!

Eslatib o‘tamiz, grantlar uchun arizalarni ko‘rib chiqishning har oy yangi bosqichlari o‘tkaziladi va TON’da foydali mahsulot yaratishni istagan har qanday jamoa ishtirok etishi mumkin. Arizani Questbook 2.0 orqali qoldirish mumkin.
379 views08:45
Ochish/sharhlash
2023-03-14 11:02:44
TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

6-martdan 12-martgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 252 607 tadan 2 307 431 taga (+2,4%) oshdi.

Toncoin kunlik savdo hajmi bo'yicha TOP-5 Non-EVM tangalar qatoriga kirdi.

TON & Company YouTube kanali qayta ishga tushirildi.

Hack-a-TON x DoraHacks jonli tadbirlar hisobotining ikkinchi qismi e’lon qilindi.

TON’da mahsulot ishlab chiquvchilar va yaratuvchilar uchun eng foydali dastur va vositalar bilan TON builderlari uchun eslatma e’lon qilindi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.
3.4K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-03-13 11:00:15TON builderlari uchun post.

Ushbu postda biz tadbirkorlar va dasturchilar uchun eng foydali vositalar va tashabbuslarni to'pladik.

Agar siz TON asosida loyiha yaratayotgan bo'lsangiz, unda eslatma siz uchun foydali bo'ladi. Ekotizimda xizmatlarni rivojlantirish uchun ko'plab qo'llab-quvvatlash dasturlari mavjud.

Rasmiy TON grant dasturi.

Ekotizimga foyda keltiradigan har qanday ochiq manbali TON asosidagi loyiha grant olish uchun ariza topshirishi mumkin

Batafsil: ton.org/grants

The Open Challenge.

TON ekotizimida TVLni (muzlatilgan mablag'lar hajmini) oshiradigan DeFi loyihalarini ishga tushirayotgan jamoalar uchun mukofot dasturi.

Batafsil: https://ton.org/en/open-challenge

TON Footsteps.

TON Footsteps – ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlashning ochiq dasturi bo‘lib, unda siz TON hamjamiyatiga ekotizim rivojlanishiga hissa qo‘shadigan vazifa qo‘yishingiz yoki o‘zingiz topshiriqlarni bajarishingiz va mukofot olishingiz mumkin.

Batafsil: https://github.com/ton-society/ton-footsteps

TON’ning rasmiy homiylik dasturi.

Dastur foydali tadbirlar tashkilotchilari, oflayn sessiyalar, master-klasslar, xakatonlar, o'quv dasturlari va boshqalar uchun yordam beradi.

Batafsil: ton.org/sponsorships

Tonstarter'dan loyihalarni ishga tushirish uchun platforma.

Tonstarter — bu jamoalarni tokenomika va hamkorlikni qurish, mablag'lar va investorlardan investitsiyalarni jalb qilish, loyihalar hamjamiyatini ishga tushirish va qurishda qo'llab-quvvatlaydigan platformadir.

Batafsil: https://tonstarter.com

GAGARINdan loyihalarni inkubatsiya qilish.

GAGARIN launchpadi startap loyihalari uchun turli inkubatsiya vositalari va xizmatlarini taklif etadi.

Batafsil: https://ton.gagarin.world/app

First Stage Labs Venture Builder.

FSL loyihalarga dastlabki bosqichda sarmoya kiritadi va kompaniyaning faol o'sishi va rivojlanishi uchun eng ko'p talab qilinadigan sohalarda keng ko’lamli tajribani taqdim etadi.

Batafsil: https://fslabs.io

TON Whales akseleratori.

TON Whales istiqbolli TON loyihalariga moliyaviy va ekspert yordamini taklif qiladi.

Batafsil: https://tonwhales.com/club/accelerator

TON&Co taʼlim platformasi.

TON&Co. muntazam ravishda ekotizimning yetakchi ekspertlari bilan texnik savol-javoblar bo‘yicha onlayn uchrashuvlar o‘tkazadi.

Batafsil: https://t.me/tonandcompany

TON Answers savol-javob platformasi

TON Answers — bu StackOverflow platformasiga o'xshash portal bo'lib, TON blokcheyniga oid har qanday savolga javob berishga tayyor texnik ekspertlar hamjamiyatiga ega.

Batafsil: https://answers.ton.org

Tact Software Foundation.

Yaqinda ekotizimda rivojlanish vositalarini yaratishga yo'naltirilgan notijorat Tact Software Foundation (TSF) tashkiloti paydo bo'ldi. Avvalo, OXF yangi Tact aqlli shartnoma dasturlash tilini ommalashtirishni maqsad qilgan.

Batafsil: https://t.me/tondevnews

Tontech

TonTech — bu ekotizimda endigina ish boshlagan jamoalar uchun rivojlanish vositalari va texnik yordam yaratishga bag'ishlangan notijoriy tashkilot. Boshqa ishlar qatorida, TonTech shartnomalarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish uchun asos bo'lgan blueprint loyihasini ishlab chiqmoqda.

Batafsil o'qing: @thetontech

GitHub’dagi TON hamjamiyati

GitHub TON hamjamiyati TON ekotizimini rivojlantirish va u bilan ishlash vositalarini yaratish ustida ishlovchi global dasturchilar hamjamiyatidir. Hamjamiyat umumiy maqsadga erishish uchun turli jamoalarning sa'y-harakatlarini birlashtiradigan ochiq tashkilot.

Batafsil: https://github.com/ton-community
3.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-03-12 11:00:12Toncoin kunlik savdo hajmi bo'yicha TOP-5 Non-EVM tangalar qatoriga kirdi.

Toncoin yangi rekord o'rnatdi: kecha markazlashtirilmagan platformalarda tanganing kunlik savdo hajmi 3,4 million dollardan oshdi, bu TON loyihasiga Non-EVM kriptovalyuta reytingida 5-o’rinni egallash imkonini berdi.

Bu haqiqatan ham ajoyib ko'rsatkich bo'lib, masalan, Aptos tangasining savdo hajmidan 4,46 baravar ko'p.

Shuningdek, TON blokcheyn Non-EVM kriptovalyutalarining TVL reytingida ham ko‘tarildi va hozirda ushbu ro‘yxatda 23-o‘rinni egallab turibdi.

Bu qanday sodir bo'ldi?

Biz avvalroq gaplashgan Megaton Finance DEX ekotizim tarixidagi 500 000 dollar miqdoridagi eng katta Airdrop’ni o'tkazdi.

Mablag' Tonstarter kompaniyasining Community Incentives sodiqlik dasturi ishtirokchilari o'rtasida taqsimlandi.

Bu Toncoin tangasining salohiyati va istiqbollarini namoyish qiluvchi ajoyib voqea bo’ldi.
2.5K views08:00
Ochish/sharhlash