Get Mystery Box with random crypto!

​TON Foundation 527 million Toncoindan ko'p mablag’ yig'di. 7 | TON Community 🇺🇿

TON Foundation 527 million Toncoindan ko'p mablag’ yig'di.

7-aprel kuni TON Foundation jamoasi yangi Toncoin zaxirasini yaratishni e'lon qildi va TON ekotizimining a'zolarini xayriya qilishga chaqirdi.

O'shandan beri zaxira hamyoniga rekord darajadagi 527 million Toncoin kelib tushdi. Hozirgi narx bo‘yicha bu bir milliard dollardan oshiqni tashkil etadi.

Bu blokcheyn loyihalari tarixidagi eng katta xayriyalardan biridir deb aytishimiz mumkin.

Miqdoridan qat'i nazar, TON Foundation zaxirasiga, xayriya qilgan barchaga, shu bilan birga, umumiy maqsadlar uchun o’z tangalarini xayriya qilgan asosiy Toncoin egalariga minnatdorchilik bildiramiz. TON hamjamiyatida tarmoqning uzoq muddatli rivojlanishida haqiqatda ishtirok etishga tayyor bo‘lgan yirik tanga egalari yetarli darajada ekanligidan xursandmiz.

Yigʻilgan barcha mablagʻlar TON ekotizimini rivojlantirishga sarflanadi. TON Foundationning bunday muhim zaxirasining mavjudligi ko'plab global hamkorlar va sarmoyadorlarni jalb qilishiga, shuningdek, butun blokcheyn ekotizimini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishiga ishonchimiz komil.

Hamjamiyatimizning barcha a'zolarini yangi bosqich bilan tabriklaymiz!