Get Mystery Box with random crypto!

​TON asosidagi altkoinlar. “TON Foundation” dasturchilari “TO | TON Community 🇺🇿

TON asosidagi altkoinlar.

“TON Foundation” dasturchilari “TON DeFi” standartlari yakunlanganligini e'lon qilganida, hamjamiyat a’zolarining ko’pchiligi NFT’larni muhokama qilishga e'tibor qaratishdi. Jeton (jettons) standartining paydo bo'lishi esa unga nisbatan kamroq qiziqish uyg'otdi.

Aslida, jetonlarning chiqarilishi “The Open Network” ekotizimining muhim voqeasidir, chunki aynan shu standart dasturchilarga TON asosida o'zlarining kriptovalyutalarini yaratishga imkon beradi.

Keling, oddiy analogiya qilamiz:

Ethereum blokcheynining asosiy kriptovalyutasi taniqli ETH hisoblanadi, ammo Ethereum tarmog'i asosida Shiba Inu, USDT, USDC, Uniswap, Surve, SushiSwap, Olympus kabi boshqa ko'plab mashhur tangalar chiqarilgan.

Jettons standarti tufayli turli jamoalar va loyihalarning mutlaqo yangi kriptovalyutalari TON ekotizimida xuddi shu tarzda paydo bo'lishi mumkin bo'ladi.

“Русский TON” kanali jetonlar haqida katta maqola e’lon qildi:
http://tonblockchain.ru/jettons

Bugungi kunda bir qator loyihalar o'z tangalarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda va biz kelgusi oylarda “TON DeFi”ning tez fursatda o'sishini kutib qolamiz.