Get Mystery Box with random crypto!

​Markazlashtirilmagan va markazlashtirilgan steyking hovuzlari | TON Community 🇺🇿

Markazlashtirilmagan va markazlashtirilgan steyking hovuzlari.

Biz avvalroq "Toncoindan qayerda foydalanish mumkin?" nomli maqolamizda steyking hovuzlari haqida aytib o’tgan edik. Bu kriptovalyutalarni sarmoya qilish usuli bo’lib, bunda egasi o'z tangalarini tarmoq validatoriga o'tkazadi hamda bu uchun validatsiyadan keladigan daromadning bir qismini oladi.

Bu kripto aktivlaringizni ko'paytirishning oddiy va qulay usuli bo'lib, hatto eng tajribasiz foydalanuvchi ham bundan foydalanishi mumkin.

TON ekotizimida tobora ko'proq turli xil steyking hovuzlari paydo bo'lganligi sababli, biz markazlashmagan va markazlashtirilgan steyking mavzusini batafsilroq yoritishga qaror qildik.

Markazlashtirilgan steyking hovuzi nima?

Bu xavfsizlik va ishonchlilik ma'lum bir shaxs yoki jamoa tomonidan ta'minlanadigan hovuz.

Markazlashtirilgan steyking hovuzida ishtirok etish quyidagicha ko'rinadi: siz o'zingizning Toncoinlaringizni validator hamyoniga yuborasiz, u ushbu tangalarni o'z ulushiga qo'shish va validatsiya daromadini siz bilan baham ko'rish majburiyatini oladi.

Shu bilan birga, sizning tangalaringiz bir shaxsning to'liq ixtiyoriga o’tadi. Agar siz o’zingiz ishonadigan shaxs yoki kompaniya bilan ishlayotgan bo'lsangiz, bunda qo’rqinchli narsa yo’q, lekin siz markazlashtirilgan xizmatlarga xos bo'lgan barcha xavflarni ham o'z zimmangizga olishingiz kerakligini ham unutmang.

Markazlashtirilmagan steyking hovuzi nima?

Bu aqlli shartnoma yordamida ishlaydigan hovuz — inson aralashuvisiz barcha shartlarning bajarilishini kafolatlaydigan dastur.

Toncoinni markazlashtirilmagan steyking hovuziga yuborish orqali siz tangalarga egalik huquqini boshqalarga o'tkazmaysiz.

Aqlli shartnoma sizning kriptovalyutangizni avtomatik tarzda validator ulushiga qo'shadi, avtomatik ravishda daromadni to'laydi va so'ralganda tangalaringizni avtomatik ravishda hamyonga qaytaradi.

Markazlashtirilmagan steyking markazlashtirilgan steykingga qaraganda xavfsizroq, ammo bu yerda ham ma'lum xavflar mavjud: aqlli shartnoma buzilganda, validatorlarning tangalari xakkerlar tomonidan o'g'irlanishi mumkin.

Shuning uchun, Toncoinni sarmoya qilishdan oldin, siz professionallar tomonidan yaratilgan ishonchli aqlli shartnomangiz borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Markazlashtirilmagan steykingning yaxshi namunasi — TON ekotizimida TonWhales jamoasi tomonidan ishga tushirilgan birinchi aqlli shartnoma hovuzi hisoblanadi. Yaqin kelajakda esa “TON Foundation”dan aqlli shartnoma hovuzlarini paydo bo'lishini kutib qolamiz.