Get Mystery Box with random crypto!

​Matrixport TON asosiy tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydi va Tonco | TON Community 🇺🇿

Matrixport TON asosiy tarmog'ini qo'llab-quvvatlaydi va Toncoin egalari uchun mahsulot ishga tushiradi.

Osiyoning yetakchi kripto-moliyaviy xizmatlar platformasi, Matrixport, jumladan, institutsional saqlovchi Cactus Custody TON/USDT juftligida savdo boshladi va TON asosiy tarmog‘ini qo‘llab-quvvatladi.

Matrixport foydalanuvchilarga kriptovalyutalarga oid innovatsion kripto sarmoya vositalarining keng doirasini va turli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi.

Bahorning boshlarida The Open Network loyihasi Matrixport blokcheyn xoldingi bilan strategik hamkorlik boshlanganini e’lon qildi va endi Toncoin xoldingning savdo platformasida to‘liq namoyish etilishidan mamnunmiz.

Shuni ta'kidlashni istardikki, Matrixport dunyodagi eng yirik ASIC tizimlari ishlab chiqaruvchisi Bitmain’ning sho''ba korxonasidir. Bitmain asoschisi Jihan Vu esa ayni vaqtda Matrixport asoschilaridan biri hisoblanadi.

Platformaning oylik savdo hajmi 5 milliard dollarni tashkil etadi va uning boshqaruvida 10 milliard dollarlik aktivlar mavjud.

Platforma 2019-yilda Singapurda tashkil etilgan bo’lib, bor-yoʻgʻi uch yillik faoliyat davomida ajoyib natijalarga erishdi va hozirda uning qiymati 1 milliard dollardan oshadi.

Turli davrlarda sayt DST Global, C Ventures va K3 Ventures kabi yirik xalqaro fondlardan investitsiyalarni jalb qilgan.

Yaqinda Matrixport Toncoin egalari uchun birinchi moliyaviy mahsulotni ishga tushirdi, biz buni tez orada e'lon qilamiz.

Platformaning mobil ilovasini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin:
https://www.matrixport.com/ru