Get Mystery Box with random crypto!

​Ellen Sheidlin ilk NFT to'plamini TON blokcheyniga joylashtir | TON Community 🇺🇿

Ellen Sheidlin ilk NFT to'plamini TON blokcheyniga joylashtiradi.

Mashhur bloger va konseptual rassom Ellen Sheidlin (Instagramda 4,4 million obunachisi mavjud) NFT avatarlar to'plamini yaratadi va uni TON tarmog'ida ishga tushiradi.

Kichik, lekin chinakam eksklyuziv to’plam yaratish rejalashtirilgan.

Ellen Sheidlin — dunyo darajasidagi ijodkor.

Uning ishlari Rossiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va Britaniyadagi ko'rgazmalarni zabt etgan va Ellenning o'zi esa bir qancha nufuzli mukofotlarga sazovor bo'lgan.

Rassom Little Big guruhining klipida ishtirok etgan va Nike, Estee Lauder, Moncler, Bacardi, BMW, Instagram, Schwarzkopf, L'Oreal, Coca-Cola brendlari uchun asarlar yaratgan.

Siz Ellenning ishlari bilan tanish bo'lishingiz mumkin, chunki uning ko'plab asarlari virusga aylanib ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan.

Biz mashhur ijodkorlar NFT’larni yaratish uchun TON’ni tanlaganidan xursandmiz va blokcheyn minglab iste’dodli odamlar o‘zlarini ifoda eta oladigan platformaga aylanishi mumkinligiga ishonamiz.

To'plam TON Diamonds marketpleysida taqdim etiladi:
https://ton.diamonds/sheidlina