Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftada ro’y | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftada ro’y bergan eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

— TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan hamyonlar soni 5-11 iyun kunlari 676 789 tadan 708 778 taga (4,7%) oshdi.

— Komyuniti rahbarlari tanlovining birinchi bosqichi yakunlari sarhisob qilinib, tanlovning ikkinchi bosqichi e’lon qilindi.

— Mashhur blogger va rassom Ellen Sheidlin o‘zining birinchi kolleksiyasini TON blokcheyniga joylashtiradi.

Boshqa yangiliklar:

— TON ekotizimida @mobile xizmati paydo bo‘ldi, uning yordamida foydalanuvchilar elektron SIM-kartalarga ega bo’lishlari mumkin.

— OKX kripto birjasida texnik ishlar yakunlandi va Toncoinni yechib olish o’z holida ishlamoqda.

— Tonhub hamyoni orqali endi Toncoinni to'g'ridan-to'g'ri ilovada sotib olish imkoniyati mavjud.

— “Код Дурова” nashri TON grant dasturi haqida maqola e’lon qildi.

— Gadjetlar va texnologiyalar haqidagi rozetked.me manbasi TON loyihasini eslatib o‘tdi va “TONni qanday sotib olish mumkin” qo‘llanmasini e’lon qildi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.