Get Mystery Box with random crypto!

Toncoin bilan to’lov orqali Telegramda pullik obunalar. Biz T | TON Community 🇺🇿

Toncoin bilan to’lov orqali Telegramda pullik obunalar.

Biz Toncoin bilan ishlaydigan mahsulotlar haqida bir qator postlarni chiqarishni boshlaymiz. Bugun esa The Open Network ekotizimining rasmiy hamkori, @donate xizmati, haqida gaplashamiz.

@donate — Telegram messenjeri tomonidan tasdiqlangan toʻlov xizmati boʻlib, mualliflarga pullik kirish huquqiga ega shaxsiy kanallar yaratish va xayriyalar yigʻish imkonini beradi.

Hozirda 3000 dan ortiq Telegram hamjamiyatlari bot bilan hamkorlik qiladi.

Ular orasida “Моргенштерн”, “Артемий Лебедев”, “Илья Варламов”, “СысоевFM” kabi ko'plab taniqli bloggerlar va “Код Дурова” kabi mashhur media resurslari ham bor.

@donate ikkita asosiy funksiyaga ega:

1. Xayriya (donat) yig'ish tugmachasini yaratish.
2. Takroriy to'lovlarni yopiq kanallarga ulash.

Takroriy to‘lovlar – to‘lovlarni avtomatik tarzda qabul qilish imkonini beruvchi qulay funksiya: botning o‘zi abonent kartasidan belgilangan muddat ichida bir marta pul yechib oladi. Bu esa muallifni ko‘plab ishlardan ozod qiladi.

@donate bozordagi eng past komissiyalardan birini, to‘lov summasining 5% dan ko‘p bo‘lmagan miqdorni taklif qiladi.

Shu bilan birga, bot Toncoin bilan to'lovlar amalga oshirishni ham qabul qilish imkonini beradi va kriptovalyuta bilan ishlaydigan mualliflar uchun bonus dasturlar taqdim etadi.

Shubhasiz, @donate o'zining yuz minglab foydalanuvchilari orasida TON blokcheynini ommalashtirishga katta hissa qo'shadi va biz xizmat ko'rsatish jamoasiga yuqori rivojlanishlar tilaymiz.

@donate haqida ko'proq ma'lumotni ushbu postdan topishingiz mumkin:
https://t.me/subscriptions/195