Get Mystery Box with random crypto!

​TonApi bilan tanishtiramiz — TON tarmog'i bilan ishlash uchun | TON Community 🇺🇿

TonApi bilan tanishtiramiz — TON tarmog'i bilan ishlash uchun ochiq API.

TonApi — dasturchilarga blokcheyn bilan oʻzaro aloqada boʻlish uchun qulay va samarali vositalar toʻplamini taqdim etuvchi va TON asosida markazlashtirilmagan ilovalarni ishlab chiqishdagi toʻsiqni sezilarli darajada kamaytiradigan xizmatdir.

TonApi tufayli mahsulot yaratuvchilarga endi oddiy darajadagi amaliyotlar haqida ekspert tushunchasi kerak bo’lmaydi: xizmat yuqori darajadagi amaliyotlar, o’tkazmalar, NFTlar, tokenlar (jetonlar), DNS va boshqa komponentlarga darhol kirish imkonini beradi.

Yaqin kelajakda TonApi dasturchilari ushbu xizmatni barcha mashhur hamyonlar, toʻlov tizimlari va barcha muhim ekotizim ilovalariga integratsiya qilishni rejalashtirmoqda.

Oddiy foydalanuvchilar TonApi’dan keng imkoniyatlarga ega tarmoq tadqiqotchisi sifatida foydalanishlari mumkin: masalan, o’tkazmalarni kuzatish yoki TON DNS kim oshdi savdosini ko'rish.

Biz yangi samarali ishlab chiqish vositasining paydo bo'lishidan xursandmiz va TonApi jamoasiga muvaffaqiyatlar tilaymiz.