Get Mystery Box with random crypto!

​Bir necha kun oldin TON’ning o'zaro zanjirli imkoniyatlari ha | TON Community 🇺🇿

​Bir necha kun oldin TON’ning o'zaro zanjirli imkoniyatlari haqida so’z borganida, biz TON Foundation bilan birgalikda tokenlarni (jetonlarni) o'tkazish imkonini beradigan, Ethereum va BNB Chain tarmoqlarini TON tarmog'iga va aksincha bog’lashi mumkin bo’lgan, keng ko'lamli o'zaro zanjirli ko'prik ustida ishlayotgan RSquad jamoasini eslab o'tdik.

Ko'prikning ishga tushirilishi haqiqatan ham katta voqea bo'ladi, chunki foydalanuvchilar Ethereum va BNB Chain’ga asoslangan har qanday kriptovalyutalarni (jumladan, steyblkoinlarni) TON blokcheynida saqlashlari, shuningdek, DEX birjalarda savdo qilishlari mumkin bo'ladi.

RSquad jamoasi maqola e'lon qildi, unda ular rivojlanish qanday davom etayotgani, dasturchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani va yangi zanjirli ko'prik ekotizim uchun qanday ahamiyatga ega bo'lishi haqida gapirib berdi.

Maqola ushbu havolada mavjud.

RSquad shuningdek, yaqinda aytib o'tilgan EVM blokcheynlari bilan Rainbow ko'prigi ustida ham ishlamoqda.

RSquad Blockchain Lab — 7 yildan ortiq vaqt davomida blokcheyn loyihalarini ishlab chiqish, maslahat berish va ilgari surish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelayotgan tajribali xalqaro jamoadir. RSquad 14 mamlakatdan kelgan hamkorlar uchun 75 ta blokcheyn loyihalarini amalga oshirgan va maslahatchi sifatida ishlagan.