Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

TON tarmog‘ida 7-13 avgust kunlari ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 106 976 tadan 1 131 655 taga (+2,2%) oshdi.

TON internet texnologiyalarining roʻyxati eʼlon qilindi.

TonApi xizmati ekotizimida TON tarmog'i bilan ishlash uchun ochiq API paydo bo'ldi.

TON Foundation’ning asosiy dasturchilaridan biri bo’lgan Anatoliy Makosov TON hamjamiyatining vakili bilan suhbatlashdi va bir qator muhim savollarga javob berdi.

Tegro TON jamoasi sinov tarmog‘ida o‘zining DEX’ni sinovdan o‘tkazishda davom etmoqda va testerlar hamda texnik mutaxassislarni zaifliklarni qidirish dasturida ishtirok etishga taklif qiladi.

Boshqa yangiliklar:

TON ko'prigini yaratishda ishtirok etgan RSquad jamoasi rivojlanish jarayoni haqida maqola e’lon qildi.

️Люди PRO YouTube kanali TonWhales loyihasi asoschisi Sergey Yudin bilan suhbatlashdi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.