Get Mystery Box with random crypto!

Pavel Durov TON DNS domeni kim oshdi savdosi haqida post e'lon | TON Community 🇺🇿

Pavel Durov TON DNS domeni kim oshdi savdosi haqida post e'lon qildi va Telegram jamoasi yangi messenjer bozorini ishga tushirish uchun TON blokcheynidan foydalanish niyatida ekanligini aytdi.

Biz Pavelning xabarini tarjimasini e'lon qilamiz:

"Yaqinda ularning domenlari va hamyon nomlari uchun TON loyihasini amalga oshirgan kim oshdi savdosining muvaffaqiyati meni hayratda qoldirdi. Wallet.ton domeni 215 250 Toncoin (~ $ 260 000)ga, casino.ton domeni esa $ 244 000 ga sotildi.

Agarda TON shu kabi natijalarga erishgan bo'lsa va biz hamkorlikda @ foydalanuvchi nomlarini, shuningdek, guruhlar va kanallar havolalarining kim oshdi savdosini yo'lga qo'ysak, 700 million foydalanuvchisi bo'lgan Telegram qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishini tasavvur qiling.

@storm yoki @royal kabi millionlab esda qolarli t.me manzillariga qo'shimcha ravishda barcha to'rt harfli foydalanuvchi nomlari (@bank, @club, @game, @gift va boshqalar) sotuvga qo'yilishi mumkin.

Bu, xuddi blokcheynda ta'minlangan aqlli shartnomalardek, foydalanuvchi nomlarni NFT kabi xavfsiz o'tkazmalar orqali manfaatdor tomonlarga o'tkazishi mumkin bo'lgan yangi platformani yaratishi mumkin.

Telegram ekotizimining boshqa elementlari, jumladan kanallar, stikerlar yoki emojilar keyinchalik ushbu bozorning bir qismiga aylanishi ham mumkin.

Kengaytirish va tezlik haqida gap ketganda, TON, bu kabi markazlashtirilmagan savdolarni tashkil qilish uchun eng yaxshi texnologiyaga egadir.

Bizning jamoamiz TON uchun "o'q o'tkazmaydigan" aqlli shartnomalar yozishi mumkin (chunki biz uning aqlli shartnoma tilini ixtiro qilganmiz), shuning uchun biz TON'dan kelajakdagi bozorimiz uchun asosiy blokcheyn sifatida foydalanishga harakat qilamiz.

Kelgusi haftalarda Telegram’ga Web 3.0'ni qo‘shishimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz”.

Biz Pavel Durovning TON loyihasiga bildirgan ishonchidan, shuningdek, TON DNS kim oshdi savdosining boshlanganini yuqori baholaganidan juda mamnunmiz.

The Open Network kelajak internetini qurishda davom etmoqda va agar TON blokcheynida Telegramning muayyan tashabbuslari amalga oshirilsa, biz bundan cheksiz xursand bo‘lamiz.