Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

21-avgustdan 27-avgustgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 1 166 585 tadan 1 211 708 taga (+3,8%) oshdi.

Pavel Durov TON DNS domen kim oshdi savdosi haqida post e'lon qildi. Postda u TON blokcheynida Telegram bozorining ishga tushirilishini ham aytib o'tdi.

Getgems NFT marketpleysi Tegro TON jamoasi koʻmagida, foydalanuvchilar oʻrtasida NFT almashish imkonini beruvchi aqlli shartnoma ishlab chiqish uchun grant dasturini ishga tushirdi.

Tonstarter launchpadi Fanzee sport loyihasining birinchi IDO tarmog'ini e'lon qildi.

️ TON Play web3 oʻyinlar launchpadi TON asosida oʻyinlar dasturchilari uchun akselerator dasturini ishga tushiradi.

Go TON Live TON NFT dunyosiga bag'ishlangan MDHdagi eng yirik anjuman haqida e'lon qildi. Tadbir TON Society tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Mukofot jamg'armasi 40,000 dollargacha bo'lgan, dizaynerlar uchun birinchi blokcheyn tanlovi boshlandi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.