Get Mystery Box with random crypto!

​Qanday qilib TON asosidagi mahsulotlar sinovchisi bo'lish mum | TON Community 🇺🇿

Qanday qilib TON asosidagi mahsulotlar sinovchisi bo'lish mumkin?

Bugun biz sizga TON sinov tarmog'i (testnet) nima ekanligini, u nima uchun kerakligini va foydalanuvchilar TON xizmatlarini sinovdan o'tkazishda qanday ishtirok etishi mumkinligini aytib beramiz.

Sinov tarmog'i (testnet) — bu tajribalar tarmog'i bo'lib, unda dasturchilar o'z mahsulotlarini sinovdan o'tkazadi va aqlli shartnomalarni yaxshilaydi.

Texnologik jihatdan testnet asosiy tarmoqqa o'xshaydi, lekin u bozor qiymatiga ega bo'lmagan soxta Toncoin'lardan foydalanadi.

Qoidaga ko‘ra, asosiy tarmoqda xizmatni ishga tushirishdan oldin jamoalar foydalanuvchilarni o‘z mahsulotidan testnetda foydalanishga taklif qiladi va har kim sinovchi bo‘lishi mumkin.

Biz bu haqida qo'llanma ishlab chiqdik, unda TON sinov hamyonini qanday yaratish va TON sinov tarmog'idan qanday foydalanish haqida ma'lumot berilgan.

Qo'llanma ushbu havolada mavjud:
https://telegra.ph/TON-sinov-hamyonini-yaratish-va-testnetda-ornatilgan-xizmatlar-bilan-ishlash-boyicha-korsatmalar-08-31