Get Mystery Box with random crypto!

​Biz TON dasturchilari va builderlarni butun dunyo bo'ylab ofl | TON Community 🇺🇿

Biz TON dasturchilari va builderlarni butun dunyo bo'ylab oflayn sessiyalarga taklif qilamiz.

Shu oyning oxirida boshlanadigan yaqinlashib kelayotgan Hack-a-TON x DoraHacks doirasida TON Foundation va DoraHacks portali dunyoning turli shaharlarida TON dasturchilari va builderlari uchun o‘ndan ortiq jonli tadbirlarni o‘tkazadi.

Tadbirlarga faqat maxsus taklifnomalar orqali kirish mumkin: 6-10 ta jamoa qabul qiladi, jamoalar arizalarni qoldirib, o‘z g‘oyalarini bayon qilishlari kerak.

Tadbirlarda dasturchilar bir-birlari bilan tanishishlari, TON asosidagi mahsulotlarni yaratish uchun bilim va resurslarga ega bo‘lishlari, shuningdek, TON Foundation vakillari va tajribali TON dasturchilari bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.

Agar siz tadbirlardan birida ishtirok etishni istasangiz, quyidagi mezonlarni hisobga olgan holda maxsus arizani to'ldirishingiz kerak:

Tadbirda har bir jamoadan maksimal 2 kishi qatnashishi mumkin.
Pitch 150-250 soʻzdan oshmasligi kerak.
G‘oya qisqa va aniq bayon qilinishi kerak.
G'oyangizning TON ekotizimiga bo'lgan ahamiyatini alohida ta'kidlash kerak.

Hujjatlar 25-yanvargacha qabul qilinadi.

Biz butun dunyo bo'ylab dasturchilarni kelajak internetini yaratishga qo'shilishga taklif qilamiz!

Arizangizni ushbu ariza orqali topshirishingiz mumkin.

Oflayn sessiyalar jadvali.

11-12-fevral:

Taypey, Seul, Bangkok, Praga.

18-19-fevral:

Dubay, Tel-Aviv, Tokio, Istanbul, Singapur.

25-26-fevral:

Gonkong, Melburn, Sankt-Peterburg, Haydarobod, London.

Oflayn ko'rishguncha!