Get Mystery Box with random crypto!

​The Open Challenge — TON ekotizimining TVL darajasini oshirad | TON Community 🇺🇿

The Open Challenge — TON ekotizimining TVL darajasini oshiradigan loyihalar uchun mukofot dasturi hisoblanadi.

TON Foundation TON ekotizimida TVL (muzlatilgan mablag’ hajmi) oshirishga qaratilgan 50 million dollarlik The Open Challenge dasturini ishga tushirdi.

Dasturda DEX, Bridge va Tokens kabi ekotizim likvidligini ta'minlashga hissa qo'shadigan har qanday DeFi loyihalari ishtirok etishi mumkin.

Mukofotlar har chorakda beriladi va ularning miqdori mahsulot jalb qilishi mumkin bo'lgan mablag'lar miqdoriga bog'liq bo'ladi.

Dasturning ishga tushirilishi TON DeFi segmenti uchun muhim qadamdir.

The Open Challenge TON asosida markazlashmagan moliyani rivojlantirishni tezlashtiradi va boshqa blokcheynlardan Web3 jamoalarini The Open Network tarmog’ida talab qilinadigan DeFi yechimlarini yaratishga ilhomlantiradi.

Agar siz dasturda qatnashmoqchi bo'lsangiz, uning to'liq shartlarini o'qib chiqishingiz va ariza topshirishingiz kerak:
https://ton.org/en/open-challenge