Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 29-yanvardan 5-fevralgacha 2 021 013 tadan 2 060 166 taga (+1,9%) oshdi.

TON Foundation 2023-yilga moʻljallangan TON yoʻl xaritasini yangiladi va yoʻl xaritasiga sharh eʼlon qildi. Sizni postning tarjimasini o'qishni taklif qilamiz.

TON Foundation TON ekotizimining TVL darajasini oshirishga qaratilgan umumiy jamg‘armasi 20 million dollar bo‘lgan keng ko‘lamli The Open Challenge dasturini ishga tushirdi.

Mukofot jamg'armasi 300,000 dollar bo'lgan global Hack-a-TON x DoraHacks tadbiri boshlandi!

GAGARIN launchpadi TON asosidagi loyihalarni inkubatsiya qilish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.

Fanzee loyihasi ekotizimda birinchi markazlashtirilmagan token steykingini ishga tushirdi.

Getgems bozori "Yangi yil tuxumlari" bayram o'yini natijalarini sarhisob qildi.

Kastodial bo'lmagan Tonkeeper hamyoni va Mercuryo toʻlov tizimi qoʻshma tanlov oʻtkazmoqda, unda siz noyob .ton domenini yutib olishingiz mumkin.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.