Get Mystery Box with random crypto!

​Sizni TON tokenomikasini optimallashtirish bo'yicha ovoz beri | TON Community 🇺🇿

Sizni TON tokenomikasini optimallashtirish bo'yicha ovoz berishda ishtirok etishga taklif qilamiz.

23-yanvar kuni TON Foundation tokenomikani optimallashtirish bo‘yicha taklif e’lon qilgan edi va ilk maynerlarning nofaol hamyonlarini 48 oy davomida nofaol holatda saqlab turuvchi tokenomikani optimallashtirish taklifi bo‘yicha validator ovoz berish jarayon tugashidan oldin istalgan vaqtda faollashtirishga chaqirdi.

TON hamjamiyatining barcha aʼzolarini 2023-yil 21-fevralgacha tokenomikaning taqdirini aniqlashda ishtirok etishga taklif qilamiz, shundan soʻng validator ovoz berish jarayoni boshlanadi.

Qaror qabul qilishingizni osonlashtirish uchun biz bir oz tarixiy ma'lumot beramiz va hamjamiyatda shakllangan asosiy fikrlar bilan o'rtoqlashamiz.

Shunday qilib, Toncoin umumiy ta'minotining 98,55% (tangalar soni 5 000 000 000) 2020-yil iyun oyidan 2022-yil iyul oyigacha mayning orqali tarqatildi.

Bugungi kunga qadar mavjud 2 102 000 ta manzildan 194 ta hamyon TON’ning bozor kapitallashuvini hisoblashda hisobga olinmaydi, chunki ular faol emas (bu hamyonlar biror marta ham bitta chiquvchi o’tkazma amalga oshirmagan).

O’chirishga “rozi” bo’lish uchun asosiy sabab:

TON tarmog'idagi har bir manzil alohida aqlli shartnoma bo'lib, u hamyon chiquvchi o'tkazma amalga oshirayotgan paytda qo'llaniladi. Yuqorida aytib o'tilgan hamyonlar hech qanday chiquvchi amaliyotlarni amalga oshirmaganligi sababli, texnik jihatdan ular haqiqiy hamyon sifatida "paydo bo’lmagan" deb aytish mumkin.

Biz barcha tarmoq manzillarining 0,009% o'z balanslarida umumiy Toncoin’ning 20% ​​dan ko'prog'iga ega bo'lgan vaziyatni e'tiborsiz qoldira olmaymiz, ammo ular haqiqiy hamyon emas va bozor ma'lumotlarini hisoblashda e'tiborga olinmaydi.

O'chirishga "qarshi" asosiy sabab:

Ba'zi hamjamiyat a'zolari hamyonlarni muzlatish to'g'risidagi qaror yomon oqibatlar olib kelishiga ishonishadi. Ularning fikriga ko'ra, agar hamjamiyat shunday qaror qabul qilsa, kelajakda biron bir tarmoq hamyoni u yoki bu sabablarga ko'ra muzlashdan himoyalanmaydi.

TON blokcheyni markazlashmagan bo'lib qolishi va markazlashtirilgan yechimlardan qochishga harakat qilishi kerak, chunki bu Web 3.0 falsafasiga ziddir va kutilayotgan sarmoyadorlarni qo'rqitishi mumkin.

Xulosa qilamiz.

Toncoin ko'p funksiyalarni bajaradi, lekin birinchi navbatda u foydali tokendir. TON tokenomikasi Toncoin’ning miqyosi va likvidligini ta'minlashi kerak.

TON Foundation markazsizlashtirish g'oyasiga va TON tarmog'ining barqaror va davomiy o'sish g'oyasiga sodiqdir.

Shu sababli, TON Foundation TON hamjamiyatini o'z tanlovini qilishga va nofaol hamyonlar taqdirini belgilashga chaqiradi.

Toncoin’ning har bir egasi ovoz berishda ishtirok etishi mumkin. Ovoz berish ushbu havola orqali bo’lib o'tadi va 21-fevral kuni soat 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) yakunlanadi.