Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

12-18-fevralgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 118 405 tadan 2 151 798 taga (+1,6%) oshdi.

TON tokenomikasini optimallashtirish boʻyicha hamjamiyatda ovoz berish jarayoni boshlandi. Biz barcha Toncoin egalaridan ilk maynerlarning nofaol hamyonlarini vaqtincha muzlatish uchun yoki unga qarshi ovoz berishlarini so'raymiz. Ovoz berish ikki kundan kamroq vaqt ichida yakunlanadi.

Hack-a-TON x DoraHacks doirasida Sankt-Peterburg, London, Gonkong, Haydarobod, Melburn va Lissabonda bo‘lib o‘tadigan jonli tadbirlar uchun ro‘yxatga olish boshlandi. Biz dasturchilarni va barcha TON builderlarini oflayn uchrashuvga taklif qilamiz!

Kastodial bo’lmagan Atomic Wallet kriptovalyuta hamyoni TON asosiy tarmog‘ini qo‘llab-quvvatladi. Endi siz Toncoin’laringizni dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta xizmatlaridan birida saqlashingiz mumkin.

2023-yil yanvar oyi uchun TON dasturchilari hamjamiyatining hisoboti e’lon qilindi.

TON ekotizimining faol ishtirokchilari uchun 10 000 dollarlik byudjetga ega TON Thread Challenge tanlovi boshlandi. Tanlov tez orada tugaydi, lekin siz hali ham unda ishtirok etishingiz mumkin.

TON loyihasi Abu-Dabidagi Web3 startaplarining davlat akseleratori bo’lgan Hub71+ kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladi.

TON blokcheyn 29-oʻrin bilan Cointelegraph maʼlumotlariga koʻra kriptovalyuta sanoatidagi TOP-100 ta eng nufuzli oʻyinchilar qatoriga kirdi.

Tegro jamoasining sa'y-harakatlari bilan Toncoin tangasi AQSh va Xitoyda mashhur kriptovalyuta agregatori TokenInsight reytingiga qo'shildi.

Global Hack-a-TON x DoraHacks doirasida oʻtkazilgan Praga, Taypey, Bangkok va Seuldagi jonli tadbirlar haqida hisobot e’lon qilindi.

Butun dunyo bo'ylab hamfikr odamlarni topish xizmati bo’lgan WhoWhere TON Soulbound NFT texnologiyasini birlashtirdi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.