Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi. Biz o'tgan haftadagi en | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi.

Biz o'tgan haftadagi eng qiziqarli ekotizim yangiliklarini to'pladik:

13-martdan 19-martgacha TON tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan manzillar soni 2 313 891 tadan 2 347 955 taga (+1,4%) oshdi.

FS Labs venchur studiyasining katta hamkori va VKontakte super ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha sobiq direktori Anton Sivarev TON Foundation Director of Developer Relations lavozimini egalladi.

TON grant qoʻmitasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan loyihalar roʻyxati eʼlon qilindi. 1-qism va 2-qism. Eslatib oʻtamiz, har oy grant arizalarining yangi bosqichlari oʻtkaziladi va TON asosida foydali mahsulotlar yaratuvchi istalgan jamoa ishtirok etishi mumkin. Arizani hozirda Questbook 2.0 orqali qoldirish mumkin.

Whiterabbit jamoasi TON mayning qilish tarixini tahlil qiluvchi yangi maqola e’lon qildi.

TON blokcheyn xalqaro AIBC Awards Eurasia 2023 tanlovida “Yilning eng yaxshi dasturchilar hamjamiyati” mukofotini qo’lga kiritdi.

DoraHacks portali Hack-a-TON x DoraHacks global xakatoni doirasida boʻlib oʻtgan 14 ta jonli tadbirning umumiy sharhini eʼlon qildi.

2+ million foydalanuvchiga ega kastodial bo’lmagan MathWallet hamyoni asosiy TON tarmog'ini qo'llab-quvvatladi.

The Open Network ekotizimidagi yangiliklar haqida birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun bizni kuzatib boring.