Get Mystery Box with random crypto!

​Tonstarter 1,5 million dollar sarmoya yig‘di va yangi Open Bu | TON Community 🇺🇿

Tonstarter 1,5 million dollar sarmoya yig‘di va yangi Open Builders tashabbusini boshladi.

TON ekotizimida kraudfanding platformasi sifatida o'z faoliyatini boshlagan Tonstarter launchpadi barcha Tonstarter tashabbuslarini bir joyda birlashtirgan yangi Open Builders platformasini ishga tushirdi.

Yaqin kelajakda OpenBuilders TON builderlari uchun bir nechta yangi vositalarni chiqaradi. Hozirgi kunda esa u boshlang'ich loyihalarga yordam bermoqda:

— Ommaviy token sotuvlarini o‘tkazishga yordam beradi.
— VC/Angel Investors klubi yordamida investitsiyalarni jalb qiladi
— Web3 bilan tanishish uchun o'quv qo'llanmasini qo'llab-quvvatlaydi.

Tonstarter launchpadining o'zi esa yangi keng ko'lamli platformaning bir qismiga aylanadi va IDO o'tkazishda, Community Incentives va Tonstarter Learn dasturini ishlab chiqishda davom etadi.

Bundan tashqari, bir necha kun oldin Open Builders kompaniyasi birinchi original mahsulot – blokcheyn loyihalarining “Open Rating”ini ham taqdim etdi, unga barcha qo‘shilishi mumkin.

Open Builders eshiklari barcha uchun ochiq va platforma barcha TON builderlarini hamkorlikka taklif qiladi: http://openbuilders.xyz

Loyiha jamoasi yaqinda Kingsway Capital, Gate.io Ventures, DWF Labs, Hexit Capital va boshqa hamkorlardan 1,5 million dollar miqdorida sarmoya jalb qilgani ham e’tiborga loyiq.