Get Mystery Box with random crypto!

​Fragment va TON. Bugun biz sizga o'tgan kuzda ishga tushiril | TON Community 🇺🇿

Fragment va TON.

Bugun biz sizga o'tgan kuzda ishga tushirilgan Fragment markazlashmagan kim oshdi savdo platformasida Toncoin bilan sotib olish mumkin bo'lgan raqamli mahsulotlar haqida aytib o’tamiz.

Noyob qisqa foydalanuvchi nomlari.

Fragmentda siz Telegram foydalanuvchi nomini username.t.me formatida sotib olishingiz mumkin.

Fragment TON DNS texnologiyasiga asoslangan, ya'ni barcha nomlar TON blokcheyniga joylashtiriladi va hech kim hech qachon nomlar egalarining egalik huquqiga qarshi chiqa olmaydi.

Anonim virtual raqamlar.

TON blokcheynida NFT sifatida joylashtirilgan +888 prefiksi bilan virtual raqamni ham sotib olishingiz mumkin.

Bunday raqamdan qo‘ng‘iroqlar yoki uchinchi tomon xizmatlarida ro‘yxatdan o‘tish uchun foydalanib bo’lmaydi, lekin undan haqiqiy anonim Telegram akkauntini yaratish uchun foydalanish mumkin.

Telegram Premium.

Yaqinda Fragment Toncoin kriptovalyutasida Telegram Premium obunasini to'lash imkoniyatini qo'shdi.

Siz obunani o'zingiz uchun to'lashingiz yoki uni boshqa foydalanuvchiga sovg'a sifatida yuborishingiz mumkin.

Fragmentdan foydalanish bo'yicha barcha kerakli ko'rsatmalarni bu yerdan topishingiz mumkin:
https://fragment.com/about