Get Mystery Box with random crypto!

Layerswap TON bilan integratsiya qilindi Layerswap TON bilan | TON Community 🇺🇿

Layerswap TON bilan integratsiya qilindi

Layerswap TON bilan integratsiya qilindi va foydalanuvchilarga TON tarmog'iga ko'plab ekotizimlardan osonlikcha erishishga yo'l ochdi.

Tarmoqlar va birjalar bo'ylab tez va ishonchli kripto transfer xizmatlari bilan tanilgan Layerswap millionlab kundalik o’tkazmalar hajmlarini qayta ishlaydi. Ularning vazifasi kriptongizni istalgan joyga ko'chirishda erkinlikni ta'minlashdir. Hozirda ularning ilovasi 28 EVM va EVM bo'lmagan zanjirlarni, 18 markazlashtirilgan birjalarni va Stripe orqali fiat onrampingni qo'llab-quvvatlaydi.

TON’ni qo'llab-quvvatlagan holda, Layerswap foydalanuvchilarga 40 dan ortiq manbalardan mablag'larni muammosiz va xavfsiz tarzda TONga o'tkazish imkonini beradi. Bunga asosiy blokcheyn tarmoqlari (masalan, Ethereum, Polygon, Arbitrum, Optimism, zkSync, Starknet va boshqalar), mashhur birjalar (Coinbase, Binance, KuCoin, Bybit va boshqalar) va Stripe orqali fiatdan foydalaniladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun Layerswap e'loni bilan tanishib chiqing.