Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi The Open Network (TON) e | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi

The Open Network (TON) ekotizimida so‘nggi yetti kundagi eng qiziqarli yangiliklar to‘plami.

Tarmoqning o'sishi:

TONda roʻyxatdan oʻtgan hisoblar soni 2023-yil 18-dekabrdan 24-dekabrgacha boʻlgan davrda 4 043 474 tadan 4 174 537 taga (+3,2%) oʻsdi.

Ekotizim yangiliklari:

Foresight X va TonUP TON ekotizimiga yo’naltirilgan 200 000 dollarlik grant dasturini ishga tushirdi. TON tarmog’iga asoslangan 20 dan ortiq loyihalarni moliyalashtirishga qaratilgan ushbu tashabbus yuqori darajadagi ilovalar va Telegram Mini App integratsiyasini ishlab chiquvchi startaplarga qaratilgan. Batafsil bu yerda ma’lumot berilgan.

Oʻtgan haftada boʻlib oʻtgan CoinMarketCap Live koʻrgazmasida Telegram va TON bilan Web3 va GameFi kelajagi haqida munozaralar boʻlib oʻtdi. Toʻliq tadbirni bu yerda tinglang va ushbu havola orqali batafsil ma’lumot oling.

HackenProof va TON Foundation hamkorlikda topilgan yangi xatolar uchun mukofot dasturini ishga tushirishdi. U HackenProof’ning xakerlar va professional xavfsizlik tadqiqotchilarining keng global tarmog'idan foydalanish orqali TON ekotizimining xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Batafsil bu yerda ma’lumot berilgan.

Layerswap TON tarmog‘ini o’z xizmati bilan birlashtirdi va foydalanuvchilarning TON tarmog‘iga 40 dan ortiq manbalardan, jumladan, asosiy blokcheyn tarmoqlari, ommabop birjalar va Stripe orqali fiatdan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Batafsil bu yerda ma’lumot berilgan.

Hozirda TON blokcheynining eng yirik validatori bo’lgan Animoca Brands TON boʻyicha chuqur tadqiqotlar natijasini e’lon qildi. Tadqiqotda ekotizimning asosiy kriptovalyuta va GameFi imkoniyatlari va boshqa jihatlarni taʼkidladi. Batafsil bu yerda ma’lumot berilgan.

Ton Raffles TON ekotizimida $RAFF tokenlarini sotish uchun adolatli ishga tushirish usulini taqdim etdi. Bu usul 2,151 ishtirokchini va 197,493,69 TON depozitni jalb qildi. Ushbu vosita TON’ning innovatsiyalar va shaffof loyihalarni ishga tushirishga sodiqligini namoyish etdi. Batafsil bu yerda ma’lumot berilgan.

TON atigi 15 kun ichida 80 milliondan ortiq qayd etilgan o’tkazmalarni qayta ishlash orqali oʻzining mustahkam miqyosi va dinamik sharding imkoniyatlarini namoyish etdi. Batafsil bu yerda ma’lumot berilgan.

TON hamjamiyatining barcha aʼzolariga bayram muborak boʻlsin!