Get Mystery Box with random crypto!

​TON ekotizimiga kirish The Open Network (TON) global, markaz | TON Community 🇺🇿

TON ekotizimiga kirish

The Open Network (TON) global, markazlashmagan blokcheyn hamjamiyati bo'lib, kripto bilan barcha insonlarni tanishtirishni maqsad qilgan. Telegramda Web3 ekotizimini yaratish orqali TON 2028-yilgacha 500 million foydalanuvchiga o‘z raqamli identifikatori, ma’lumotlari va aktivlariga egalik qilish imkoniyatini taqdim etmoqchi.

Agar siz bu yerda yangi boʻlsangiz, The Open Network va Telegramning TON'ga asoslangan Web3 ekotizimidan foydalanishni boshlash uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshiring:

Hamyoningizni yarating
Tarmoqda hamyonni o'rnatish orqali TONga qo'shiling. Sizda Telegramdagi @Wallet, Tonkeeper, OpenMask va MyTonWallet kabi turli xil tanlovlar mavjud bo‘lib, ularning har biri aktivlaringizni boshqarishning xavfsiz usulini taklif qiladi. Kengaytirilgan xavfsizlikni qidirayotganlar uchun Ledger, SafePal yoki Tangem kabi apparat hamyonlarini ko'rib chiqing. Bu yerda esa hamyonning koʻproq variantlari bilan tanishishingiz mumkin.

Toncoin sotib oling (TON)
TON'ning o'z valyutasi bo'lgan Toncoin'ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegramda @Wallet hamyonidan oddiy yoki kredit karta orqali yoki OKX, KuCoin, Bybit va Blockchain.com kabi markazlashtirilgan birjalar orqali xarid qiling. Shu bilan bir qatorda, DeDust.io va STON.fi kabi TON ekotizimiga tegishli platformalardan yoki (wrapped Toncoin uchun) Uniswap, PancakeSwap va Biswap kabi DEX birjalardan foydalaning. Bu yerda esa hamyonning koʻproq variantlari bilan tanishishingiz mumkin.

TON ekotizimini o'rganing
TON App ilovasida 500 dan ortiq ilovalarning xilma-xilligini kashf eting. tApps markazida Telegramga to‘liq integratsiyalashgan, innovatsion ilovalarga oson kirish imkonini beruvchi noyob Telegram Mini Apps platformasidan bahramand bo‘ling.

Toncoin'dan foydalaning (TON)
Toncoin moliyaviy amaliyotlardan tashqariga chiqmoqda. Undan Telegram Premium'ni sotib olish, Fragment'da Telegram foydalanuvchi nomlarini xarid qilish, TON'ga asoslangan VPN xizmatlariga kirish, eSIM rejalarini sotib olish, markazlashtirilmagan saqlash, real mahsulotlarni xarid qilish, ulush qo‘shish va DeFi ilovalarini o‘rganish uchun foydalaning.

Sizning yangi Web3 dunyosiga sayohatingiz shu yerda boshlanadi. Telegramda TON bilan raqamli hayotingizni shakllantiring, rivojlantiring va kengaytiring. Batafsil tanishish uchun ushbu qo'llanma bilan tanishib chiqing.