Get Mystery Box with random crypto!

​TON hamjamiyatining hafta sarhisobi The Open Network (TON) e | TON Community 🇺🇿

TON hamjamiyatining hafta sarhisobi

The Open Network (TON) ekotizimida so‘nggi yetti kundagi eng qiziqarli yangiliklar to‘plami.

Tarmoqning o'sishi:

2024-yilning 22-yanvaridan 28-yanvariga qadar TONda ro‘yxatdan o‘tgan hisoblar soni 4 867 277 tadan 5 039 300 tagacha (+3,5%) o‘sdi.

Ekotizim yangiliklari:

SmartDeer TON blokcheyni bilan integratsiyalashdi va global Web3 ishlari uchun Telegram Mini App'ni (TMA) ishga tushirdi. Tez orada platformaga TON ekotizimidagi ish ro'yxatlari qo'shiladi. Batafsil bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.

TON Society uchta yangi mintaqaviy markazni taqdim etdi va TON ishqibozlari o'rtasida aloqalarni mustahkamlash va turli mintaqalarda The Open Network haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan ilk uchrashuvlarini e'lon qildi. Batafsil bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.

Tonhub Wallet yangilangan ko‘rinish, yaxshilangan samaradorlik, ko‘p hamyonlarni qo‘llab-quvvatlash, yangilangan Ledger interfeysi va avatarni sozlash imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan eng katta yangilanishi ya'ni Tonhub 2.0'ni taqdim etdi. Batafsil bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.

Biz yangi kelganlarga The Open Network va Telegram’ning TON'ga asoslangan Web3 ekotizimini o‘rganish uchun boshlang‘ich nuqtani taklif qilib, TON ekotizim qo‘llanmasi bilan o‘rtoqlashdik. Batafsil bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.

OKX o'z foydalanuvchilariga oncheyn TON mukofotlarini taklif qilish uchun Tonstakers imkoniyatidan foydalanishni boshladi. Batafsil bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin.

Biz TON ekotizimlari to‘plamida Hipo, EVAA Protocol, Tap Fantasy va Fanzee Labs yangilanishlarini eslab o'tdik. Bu yerda ularning soʻnggi ishlanmalari bilan tanishing.

Obuna bo'ling va TON ekotizimidagi yangiliklardan birinchi bo'lib oling.