Get Mystery Box with random crypto!

Shardify yordamida NFT'larni tokenlarga aylantiring TL; DR: | TON Community 🇺🇿

Shardify yordamida NFT'larni tokenlarga aylantiring

TL; DR:
Meridian Club TON'da NFT'larni fraksiyalash imkonini beruvchi yangi xizmatni ishga tushirdi. Bu foydalanuvchilarga istalgan NFT qismlarini sotib olish imkonini beradi.
Xizmat beta bosqichiga kirdi. Bu Notcoin Pre-Market vaucher hovuzining joriy etilishi bilan ta'kidlandi.

Tez boshlash qo'llanmasi:

Shardify'ga tashrif buyuring va Notcoin Pre-Market to'plamini tanlang.
NFT'ni to'plam omboriga kiriting. Buning evaziga siz wNOT (wrapped NOT) olasiz, bunda har bir NFT taxminan 10 million wNOT (xizmat komissiyalaridan tashqari) yaratish imkonini beradi. wNOT Notcoin bilan 1:1 nisbatda almashtirilishi mumkin. Ushbu tizim NFT'larni aqlli shartnomada qulflangan NFT'lar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan fungible token (wNOT) bilan bog'laydi.
Siz wNOT'dan turli maqsadlarda, masalan, o'tkazmlarni amalga oshirish yoki DEX'larda savdo qilish uchun foydalanishingiz mumkin.
Tokenlarni istalgan vaqtda unshardifying jarayoni orqali asl NFT'ga aylantirish mumkin.

2023-yil kuzidan beri ishlab chiqilgan ushbu tashabbus Meridian klubining Web3 ishqibozlari hamjamiyatini rivojlantirishga va blokcheyn yechimlarini ilgari surishga sodiqligini aks ettiradi. TON'ning kripto va Web3'ni har bir kishining cho‘ntagiga qo‘yish haqidagi qarashlariga mos keladigan ushbu xizmat NFT egaligi uchun yangi yo‘llarni ochib, uni kengroq auditoriya uchun yanada qulayroq va moslashuvchan qiladi.

Muhim ogohlantirish: Ushbu xizmatning beta-versiyasi o'tkazmalar uchun 20% komissiya oladi. Foydalanuvchilarga o'zlarining tadqiqotlarini o'tkazish tavsiya etiladi.