Get Mystery Box with random crypto!

Telegramda Hamyon yordamida bir zumda, bepul va oson USDt to‘l | TON Community 🇺🇿

Telegramda Hamyon yordamida bir zumda, bepul va oson USDt to‘lovlari

TL; DR:
Hamyon yangi funksiyalarni, jumladan, komissiyasiz pul oʻtkazmalari va yechib olish, Parol bilan kuchaytirilgan xavfsizlik, tokenlar va NFT'larni toʻgʻridan-toʻgʻri Telegram orqali uzluksiz oʻtkazish imkoniyatini ishga tushirdi.

Tezkor USDt o'tkazmalari

USDt TON'da ishga tushirildi va Telegramning 900 million foydalanuvchilariga transchegaraviy to‘lovlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. USDt'ning Hamyonga integratsiyalashuvi barcha Hamyon foydalanuvchilariga Telegramda bir zumda va hech qanday to‘lovlarsiz USDt jo‘natish imkonini beradi.

Komissiyasiz USDt yechib olish

TON'da USDt ishga tushirilishi munosabati bilan Hamyondan tashqi TON hamyonlariga barcha USDt yechib olish 2024-yil iyun oyi oxirigacha bepul.

Hamyondagi parol

Tez orada barcha Hamyon foydalanuvchilari o'tkazmalarni tasdiqlash uchun zarur bo'lgan parolni o'rnatish orqali o'z aktivlarining xavfsizligini oshirishlari mumkin bo'ladi. U xavfsiz shifrlanadi va foydalanuvchi qurilmasida mahalliy sifatida saqlanadi. Parol shuningdek Face ID va Touch ID'ni qo'llab-quvvatlaydi.

Telegramda uzluksiz token va NFT o'tkazmalari

Hamyon foydalanuvchilari endi tokenlar va NFT'larni TON Space’dan Telegramdagi kontaktlariga yuborishlari mumkin. Bu xususiyat tranzaktsiyalarni matnli xabar yuborish kabi osonlashtiradi. Buning uchun kontaktingizga shaxsiy xabar yuborish kifoya, blokcheyn manzili va yangi ilovani yuklab olishingiz shart emas.

Batafsil ma'lumot uchun ushbu post bilan tanishing.