Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy tarmoqlarga NFT integratsiyasi Bir qator ijtimoiy ta | HODL

Ijtimoiy tarmoqlarga NFT integratsiyasi

Bir qator ijtimoiy tarmoqlar Web 3.0 bilan integratsiya qilish ustida ish olib boryapti. Xususan ijtimoiy tarmoqlardagi avatar rasmining o’rniga NFT rasmlardan foydalanish ommalashmoqda. Ayni vaqtda bu xususiyatdan Twitter Blue obunachisi sifatida foydalanish mumkin. Twitter hozircha faqat Ethereum blokcheynida yaratilgan NFT’larni qo’llab-quvvatlamoqda.

Meta (Facebook) kompaniyasi ham Facebook va Instagram uchun ushbu yangilikni qo’shish ustida ish olib bormoqda.

Yil boshida bizning sevimli messenjerimiz bo’lgan Telegram ham NFT’larni avatarga qo’yish imkoniyatini qo’shmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi.
Telegramning TON blokcheyni bilan o’zaro integratsiyasini hisobga olsak, bu imkoniyat ham TON blokcheyni bilan hamkorlikda yaratilishi mumkin.

HODL