Get Mystery Box with random crypto!

​ Afsonaga aylangan memkoinlar $100 sarmoya bir yil ichida mi | HODL

​ Afsonaga aylangan memkoinlar

$100 sarmoya bir yil ichida million dollarlarga aylanishiga ishonasizmi? 2021-yil bu holatga kripto olami guvoh bo’ldi. Bugun sizlar bilan shu mavzu haqida gaplashamiz.

Ba'zilar 2021-yilni kriptovalyuta olamida “It” yili deb atashadi. Bunga shu yili Dogecoin (DOGE) va Shiba Inu (SHIB) memkoinlarining narxi keskin oshishi sabab bo’ldi. 2021-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, DOGE narxi oldingi yilning shu davriga nisbatan 8000% ga, SHIB esa 2021-yilning yanvaridan noyabrigacha 60 000 000% dan ortiq oshdi. Bu shuni anglatadiki, agar siz 2021-yil yanvar oyida 100 dollarga SHIB sotib olganingizda sizning aktivingiz 2021-yil oktabr oyida 98 mln. dollardan oshgan bo’lar edi. Ko’rib turganingizdek haqiqatan ham 2021-yil kriptovalyuta olamida “It” yili bo’lgan.

Shu o’rinda savol tug’iladi, DOGE, SHIB, SAITAMA va boshqa shu kabi tangalar nima o’zi? Ularning boshqa tangalardan qanday ajralib turadigan joyi bor? Va nega ular bunchalik ommalashib ketishdi? Quyida bu savollarga javob olamiz. Bu kabi tangalar memkoinlar deb ataladi. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlarda ommalashgan memlardan ilhomlanib yaratilgan kriptovalyutalardir. Birinchi memkoin Dogecoin (DOGE) bo’lgan. U 2013 yilda hazil sifatida yaratilgan. DOGE yapon it zoti bo’lgan siba-inu haqidagi mashhur Doge memidan ilhomlanib yaratilgan.

Memkoinlar juda o'zgaruvchandir. Ularning narxi asosan hamjamiyatning qo'llab-quvvatlashiga va foydani yo'qotish qo'rquviga bog'liq. Bu ularning narxini tezda ko’tarishi yoki treyderlarning qiziqishi boshqa memkoinga qaratilsa, kutilmaganda narxning keskin tushishiga olib kelishi mumkin. Memkoinlarning yana bir xususiyati shundaki, ular ko'pincha ko’p yoki cheksiz miqdorda bo’ladi. Ularning ommalashib ketishiga mutaxassislar turli sabablarni ko’rsatishgan. Bu sabablardan biri Ilon Maskning tvitlaridir. Uning yozgan tvitlari ta’sirida Doge narxi 5 kun ichida 2000% ga ko’tarilib 0,73 dollarni tashkil etgan edi. Ammo Ilonning televideniyada Doge haqidagi hazillari Doge’ning narxini tushishiga sabab bo’ldi.

Umuman olgan sizning portfelingizda qanday aktiv bo’lishi bu sizning shaxsiy ishingizdir. Bozor bu kabi memkoinlarga to’la va aksariyatining ortida firibgarlik orqali odamlarning mablag’larini yig’ib olish yotadi. Ular shunchaki bozordagi manipulatsiya natijasida narxi keskin o’zgaruvchi aktivlardir.

O’ylaymizki, mavzu haqida qisqacha bo’lsa ham tushunchaga ega bo’ldingiz. Kelgusi maqolamizda bozor va undagi marketmeykerlar haqida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatib boring!

HODL