Get Mystery Box with random crypto!

TikTok yulduzi Khaby Lame va Binance birjasi hamkorlik qiladi | HODL

TikTok yulduzi Khaby Lame va Binance birjasi hamkorlik qiladi

Dunyodagi eng ko'p kuzatuvchiga ega TikToker Khaby Lame Binance brendining global elchisiga aylandi. Khaby Lame’ning TikTok’da 142 milliondan ortiq obunachilari mavjud.

Binance’ning bundan oldingi shov-shuvli hamkorligi Cristiano Ronaldo bilan bo’lganligi haqida avval xabar bergan edik. Bu kabi hamkorliklarning asosiy sababi odamlarning Web 3.0 haqidagi xabardorligini oshirish va ommaviy qabul qilishni tezlashtirishdir.

Khaby Lame hamkorlik davomida Web 3.0 haqidagi ba'zi noto'g'ri tushunchalarni bartaraf etish uchun o'zining “imzo” uslubidan foydalanadi. Shuningdek, Binance bilan birgalikda eksklyuziv NFT to'plamlarda ham hamkorlik qiladi.

"Men o'z obunachilarimni o'z oilam deb bilaman va ularga baham ko'rish uchun har doim yangi chellenjlar va qiziqarli kontent qidiraman" - Khaby Lame.

HODL