Get Mystery Box with random crypto!

Changpeng Zao (CZ) xitoylik kripto milliarder Changpeng Zao d | HODL

Changpeng Zao (CZ) xitoylik kripto milliarder

Changpeng Zao dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi bo’lgan Binance kriptovalyuta birjasining yaratuvchisi va kripto sanoatidagi eng sirli shaxslardan biri hisoblanadi. U umuman milliarderga o'xshamaydi: uning qimmatbaho qasrlari yoki mashinalari yo'q. Bundan tashqari, tadbirkor omma oldida ko'rinmaydi va yopiq turmush tarzini ma’qul ko’radi.

U 1977-yilda o'qituvchilar oilasida tug'ilgan: onasi maktab o'qituvchisi, otasi esa universitetda falsafadan dars bergan. Ammo Xitoydagi madaniy inqilobdan keyin oila Kanadaga ko’chib o’tgan.

Binance’ning bo‘lajak asoschisi kriptovalyuta bilan 2013-yilda BTC China bosh direktori Bobbi Li va investor Ron Kao bilan poker o‘ynaganida ilk mara tanishgan. Ular Zaoga mablag'larining bir qismini Bitcoin’ga aylantirishni maslahat berishdi.

Iqtidorli dasturchi xatarlarni va kripto bozorining rivojlanish istiqbollarini tez baholagan va Shanxaydagi uyini ikkilanmasdan sotib mablag’ni kriptovalyutaga kiritdi. Bundan tashqari, u o'z ishini tashlab, Blockchain.info kriptovalyuta xizmatining ilk xodimlaridan biriga aylandi.

Bir yildan so’ngra esa top-menejer sifatida qisqa muddat OKX kripto birjasida ishladi, biroq kompaniya siyosatiga rozi bo‘lmagani uchun uni tark etdi.

2017-yilda BTC narxi o'sishda davom etdi, ammo yirik kriptovalyuta birjalari ortib borayotgan ish yukiga to'liq bardosh bera olmayotgan edi. U vaqtda Changpeng Zao o'z birjasini yaratishga qaror qildi.

Raqobatchilardan farqli o'laroq, u o’tkazmalar tezligini sezilarli darajada oshirish va shu orqali komissiyalar hajmini kamaytirishga va mijozlarga xizmat ko'rsatish sifati va foydalanuvchi interfeysi dizaynini soddalashtirishga e’tibor qaratdi. Natijada ayni vaqtdagi eng yirik va ommalashgan birjaga asos solindi.

CZ 96 mlrd. dollar boylik bilan kripto sanoatdagi eng boy odam hisoblanadi.

Ayni vaqtda Binance birjasining ommaviy kengayishi jadallik bilan o’sib bormoqda. Kelgusida birja haqida ham batafsil ma’lumot berib o’tamiz.

HODL