Get Mystery Box with random crypto!

DAO — markazlashmagan boshqaruv tizimi 'DAO' qisqartmasi — “ | HODL

DAO — markazlashmagan boshqaruv tizimi

"DAO" qisqartmasi —
“Decentralized Autonomous Organization”
ya'ni, markazlashtirilmagan avtonom tashkilot degan ma'noni anglatadi. DAO tashkilotning o'ziga xos shakli bo'lib, unda boshqaruv markazlashmagan tizim orqali amalga oshiriladi. DAO aqlli shartnomalarga asoslanganligi sababli ilk bora Ethereum blokcheynida paydo bo'lgan. Bugungi kunda, nafaqat Ethereum blokcheyni balki, aqlli shartnomalarni qo'llab-quvvatlaydigan har qanday blokcheynda DAO qurish mumkin. Masalan, TON, Polkadot, Solana, Cardano.

DAO g'oyasi kriptovalyutalar g'oyasiga qaraganda ancha radikalroq hisoblanadi. Aqlli shartnomalar texnologiyasi banklar, sudlar va kredit tashkilotlariga bo'lgan ehtiyojni bartaraf etish imkoniyatiga ega.

Misol uchun, Uniswap markazlashtirilmagan kripto birjasi DAO emas, lekin uni markazlashmagan boshqaruv tizimi DAO hisoblanadi.

DAO modeli tokenlarga egalik qilish yondashuviga tayanadi. Aytaylik DAO loyihalarning 50% tangasiga bir kishi egalik qilsa va qolgan 50% 9 kishi o’rtasida taqsimlangan bo’lsa, 50% tangaga ega inson bilan birga bir kishi ovoz bersa ularga qarshi ovoz bergan 8 kishining qarori qabul qilinmaydi. Odatda, ushbu boshqaruv tokenlarini markazlashmagan birjalarda erkin sotib olish va sotish, yoki mayning qilish mumkin. Boshqaruv tokenlarini saqlash orqali loyihaning rivojlanish strategiyasini belgilaydigan ovozga ega bo'lasiz.

Ijobiy va salbiy tomonlari

Nazariy tomondan, DAO boshqaruvni avtomatlashtirish va yirik ish o’rinlaridan xalos bo'lishga, inson omili va poraxo’rlikni minimallashtirishga imkon beradi.

Amalda esa, boshqaruvda markazlashtirishdan butunlay voz kechish hali ham utopik g'oya hisoblanadi.

Agar loyihaning asl kodida kamchilik topilsa, muammoni bartaraf qilish markazlashtirilgan tashkilotdan ko’ra DAO'da ancha qiyin kechadi.

Shu o'rinda savol paydo bo'ladi, bunday boshqaruv modeli raqamli dunyodan tashqariga chiqa oladimi? Yaqin kelajakda
bu savolga albatta javob topamiz.

HODL